UFC’ning yengil vazndagi sobiq chempioni Habib Nurmagomedov futbol bo‘yicha 2026-yilgi Jahon chempionatining 1/16 finalida Germaniya milliy jamoasining musobaqadan chiqib ketishiga munosabat bildirdi.
“Mana, birinchi sensatsiya ham sodir bo‘ldi. Nemislar uyga ravona bo‘lishdi. Paragvay esa har bir o‘yinda hayron qoldirishda davom etmoqda, haqiqiy jangovar jamoa. Kuzatishda davom etamiz, oldinda bizni yanada qiziqarli bahslar kutmoqda.
Negadir Germaniya milliy jamoasiga juda ishongandim. Tarkibda yosh, g‘alabaga chanqoq va tajribali futbolchilar jam bo‘lgandi. Ammo oxirgi ikki o‘yinda umuman iroda ko‘rsata olishmadi. Menimcha, ular chempionatni haqli ravishda tark etishdi”, deydi Habib.
Ma’lumot uchun, Germaniyani taslim etgan Paragvay milliy jamoasi chorak final yo‘llanmasi uchun Fransiya hamda Shvetsiya juftligi g‘olibiga qarshi maydonga tushadi. Ushbu uchrashuv 5-iyul kuni Toshkent vaqti bilan tunda soat 02:00 da start oladi.








