Daryo

Toshkentda issiqlik taʼminoti qachon yoqilishi maʼlum qilindi

Meteorologiya xizmati maʼlumotlariga muvofiq, taʼminot ijtimoiy obyektlarda 3-noyabrdan yoʻlga qoʻyilishi rejalashtirilgan.

1 daqiqa o‘qish2 515 ko‘rishlar0 izoh4

Toshkent shahar hokimligi poytaxtda qachondan issiqlik taʼminoti ishga tushirilishini maʼlum qildi.

Qayd etilishicha, meteorologiya xizmati maʼlumotlariga muvofiq poytaxtda markazlashgan issiqlik taʼminoti ijtimoiy obyektlarda 2025-yil 3-noyabrdan, turar joy obyektlarida esa 5-noyabrdan yoʻlga qoʻyiladi.

Turarjoy yoki boshqa muassasalarda issiqlik taʼminoti yoqilish jarayonida biror muammo yoki issiqlik yetkazib beruvchi masʼullar ishlarni toʻlaqonli amalga oshirmayotganligi holatida 1055, 71 210-01-87 raqamlariga murojaat qilish soʻralgan.

Oʻzbekistonda isitish mavsumida tabiiy gaz isteʼmoli boʻyicha bazaviy meʼyor 4 oyga 5 barobarga oshirilishi maʼlum qilingandi. Bunda noyabr—fevral oylarida har bir oy uchun 500 kub metrgacha, mart—oktyabrda esa har oy uchun 100 kub metrgacha meʼyor belgilangan.

Avvalroq “Oʻzgidromet” Oʻzbekistonda 4-6-noyabrga kelib havo harorati asta-sekin pasayishi va kechalari 0-3 darajagacha boʻlishini xabar qilgan.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Xalqaro jurnalistika yo‘nalishi talabasiman. “Daryo”da 2025-yilning avgust oyidan buyon ishlayman. Xabarlar yozaman. Sevimli kitobim Jek Londonning “Martin Iden” asari. Har yili Andrey Tarkovskiyning “Nostalghia” filmini kamida bir marta qayta ko‘raman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar