Daryo

O‘zbekistonda havo 0 darajagacha sovib ketishi kutilmoqda

Noyabr oyining ilk kunlarida mamlakat bo‘yicha ob-havoning keskin o‘zgarishi ma’lum qilindi. 3-5-noyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, tog‘ oldi va tog‘li hududlarda qorga aylanadi.

1 daqiqa o‘qish3 326 ko‘rishlar0 izoh46

O‘zbekistonda noyabr oyining ilk kunlarida havo sovib ketishi kutilmoqda. “O‘zgidromet” bu bo‘yicha ogohlantirish bilan chiqdi.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 3-noyabr kuni O‘zbekistonning shimoliy hududlariga, 4-6-noyabr kunlari respublikaning barcha hududlariga sovuq va nisbatan nam havo massalari kirib keladi. Respublika bo‘yicha ob-havoning keskin o‘zgarishi kutilmoqda.

3-5-noyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, tog‘ oldi va tog‘li hududlarda qorga aylanadi.

4-6-noyabrga kelib havo harorati asta-sekin pasayadi va kechalari 0-3 daraja iliqni tashkil etadi, ba’zi joylarda sovuq bo‘lishi mumkin, kunduz kunlari 8-13 daraja iliqqacha bo‘ladi.

O‘zbekistonning ayrim hududlarida 31-oktyabrda yomg‘ir yog‘adi. Gidrometeorolog Humoyun Magʻripovning “Daryo”ga ma’lum qilishicha, noyabr oyida ham oktyabr oyi kabi nisbatan quruqroq iqlim saqlanish ehtimoli bor. 2026-yilning bahor fasli oylarida qishloq xoʻjaligida suv yetishmasligi, nisbatan qurgʻoqchilroq mavsum boshlanish ehtimoli katta boʻlib turibdi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar