Daryo

Toshkentda isitish mavsumi 24-martdan yakunlanadi

Poytaxt hokimligi u bosqichma-bosqich amalga oshirilishini, bunday yondashuv turar joy binolarida haroratning keskin o‘zgarishiga yo‘l qo‘ymasligi hamda muhandislik tizimlarining barqaror ishlashini ta’minlashini bildirdi.

1 daqiqa o‘qish3 541 ko‘rishlar0 izoh0

Toshkentda isitish mavsumini yakunlash 24-martdan boshlanishi rejalashtirilgan bo‘lib, u bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Toshkent shaharida barqaror iliq bahor ob-havosi kuzatilmoqda. Bir necha kundan buyon havo harorati mo‘tadil darajada saqlanib turibdi, bu esa markazlashtirilgan isitishga bo‘lgan ehtiyojni izchil kamaytirish imkonini beradi.

“Mavsumni yakunlash to‘g‘risidagi qaror ob-havo sharoitlarini inobatga olgan holda puxta o‘ylab qabul qilindi. Aholi uchun qulaylik yaratish maqsadida kelgusi bayram kunlari issiqlik ta’minoti saqlab qolinadi. Havo haroratining ayni damda barqarorlashganini hisobga olib, shahar isitish davrini rejali yakunlashga o‘tmoqda”, deyiladi xabarda.


Ta’kidlanishicha, isitish mavsumini bosqichma-bosqich yakunlash turar joy binolarida haroratning keskin o‘zgarishiga yo‘l qo‘ymaydi hamda muhandislik tizimlarining barqaror ishlashini ta’minlaydi. Mavsumni yakunlashga o‘tish, shuningdek, kommunal infratuzilmaga tushadigan yuklamani kamaytirishga va resurslardan oqilona foydalanishga xizmat qiladi.

Aholi bayram kunlarini oila davrasida qulay va xavfsiz o‘tkazishi uchun shahar xizmatlari bayram kunlari ham kuchaytirilgan tartibda ishlashni davom ettiradi. Shu bilan birga, ob-havo sharoiti va issiqlik ta’minoti tizimlarining faoliyati doimiy kuzatib boriladi hamda zarurat tug‘ilganda tezkor chora ko‘rish uchun shay holat ta’minlanadi.

Toshkent shahrida so‘nggi 5 yilda isitish mavsumining boshlanish va tugash sanalari:

  • 2020/21: 2020-yil 17-oktyabrdan 2021-yil 7-aprelgacha (174 kun);
  • 2021/22: 2021-yil 14-oktyabrdan 2022-yil 1-aprelgacha (170 kun);
  • 2022/23: 2022-yil 24-oktyabrdan 2023-yil 10-martgacha (138 kun);
  • 2023/24: 2023-yil 8-noyabrdan 2024-yil 26-martgacha (140 kun);
  • 2024/25: 2024-yil 7-noyabrdan 2025-yil 2025-yil 18-martagcha (131 kun).

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar