Rossiya futbol ittifoqi (RFI) prezidenti Aleksandr Dyukovning so‘zlariga ko‘ra, mamlakat Italiya stadionlari belgilangan muddatda tayyor bo‘lmasa, 2032-yilgi futbol bo‘yicha Yevropa chempionatini o‘tkazishga tayyor. Bu haqda TASS axborot agentligi xabar berdi.
Dyukov Sport24 nashriga bergan intervyusida bu haqida gapirgan:
“Rossiya har doim yirik musobaqalarni o‘tkazishga tayyor”.
Eslatib o‘tamiz, 2032-yilgi Yevropa chempionati Turkiya hamda Italiya maydonlarida bo‘lib o‘tishi belgilangan. Biroq Italiyadagi bir qator stadionlarning texnik holati yaxshi emasligi, shuning uchun ushbu mamlakatda musobaqaning o‘tishi so‘roq ostida qolmoqda.
Italiya matbuoti, xususan Il Messaggero nashrining yozishicha, “San-Siro” stadionining o‘rnida zamonaviy sport majmuasi qurilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, A Seriya prezidenti Etso Simonelli Udine, Bergamo va Turin shaharlaridagi arenalar ham talab darajasida emasligini ta’kidlagan.
Agar Italiya rasmiy ravishda Yevro-2032 musobaqasini qabul qilishga tayyor emasligini bildirsa, Rossiya o‘z nomzodini taklif etishga tayyor.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya terma jamoasi va klublari 2022-yildan beri xalqaro turnirlarda ishtirok eta olmayapti. Qolaversa, mamlakat hududida FIFA va UEFA musobaqalarini o‘tkazish ham taqiqlangan. Bunga Rossiyaning Ukrainaga qarshi harbiy yurishlari sabab bo‘lgan.








