Daryo

FIFA rahbari Rossiya jamoalariga qo‘yilgan taqiqni bekor qilishni taklif qildi

“Bu sanksiyalar hech qanday foyda keltirmasligini guvohi bo‘lmoqdamiz”, deydi Janni Infantino.

1 daqiqa o‘qish7 170 ko‘rishlar1 izoh4

FIFA prezidenti Janni Infantino Rossiya klublari va terma jamoalarining xalqaro musobaqalarda ishtirok etishiga qo‘yilgan taqiqni bekor qilish masalasini ko‘rib chiqish lozimligini bildirdi. U bu haqda Britaniyaning Sky telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.

“Rossiya jamoalariga nisbatan sanksiyalarni bekor qilish masalasini ko‘rib chiqish kerakmi? Albatta, buni qilishimiz shart. Hech bo‘lmaganda yoshlar darajasida. Chunki bu taqiq hech qanday foyda bermadi, aksincha, yanada ko‘proq norozilik va nafratni keltirib chiqardi”, dedi Infantino.

Shuningdek, FIFA rahbari tashkilot qoidalariga o‘zgartirish kiritish va milliy jamoalarning siyosiy sabablarga ko‘ra futbol o‘ynashdan chetlatilishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha aniq norma belgilanishi zarurligini ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, UEFA va FIFA tomonidan Rossiya futbol ittifoqiga nisbatan sanksiyalar 2022-yilning fevral–mart oylarida joriy etilgan edi. Rossiya Ukrainaga qarshi harbiy yurishlari sabab sanksiyaga uchragan. Shu bois to‘rt mavsumdan beri Rossiya Premyer Ligasi (RPL) vakillari Yevrokuboklarda ishtirok etmayapti. Valeriy Karpin boshchiligidagi milliy terma jamoa esa faqat o‘rtoqlik uchrashuvlari o‘tkazmoqda.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar