Daryo

“PSJ” siyosiy vaziyat ortidan rossiyalik darvozabonini sotishga qaror qildi

Transfer 2026-yilning yanvar oyida amalga oshishi mumkin.

1 daqiqa o‘qish1 656 ko‘rishlar0 izoh0

Fransiyaning “Pari Sen-Jermen” klubi darvozaboni, rossiyalik futbolchi Matvey Safonov qishki transfer oynasi vaqtida parijliklar safini tark etishi mumkin. Bu haqda Championat nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, “PSJ” sport direktori Luish Kampush 26 yoshli darvozabon uchun yangi klub izlash ishlarini faol davom ettirmoqda. Transfer 2026-yilning yanvar oyida amalga oshishi mumkin.

Safonov bilan xayrlashish tashabbusi uning o‘yin darajasi bilan bog‘liq emas, chunki klub rahbariyati futbolchining o‘yinlaridan qoniqish hosil qilgan. Biroq parijliklar siyosiy vaziyat ortidan bu qarorga kelgani aytilmoqda. Shuningdek, rossiyalik futbolchining jamoani tark etishi “PSJ”ning ukrainalik himoyachisi Ilya Zabarniyni jamoaga kelgani ham sabab bo‘lishi mumkin. Chunki Zabarniy Safonov bilan bir jamoada o‘ynashni istamayotgani hamda o‘zini noqulay his qilayotgani haqida xabarlar tarqalgan. 

Avvalroq Matvey Safonovning o‘zi ham o‘yin amaliyotining yo‘qligi bois klubni tark etishga tayyor ekanini ma’lum qilgan edi. Lekin hozircha rossiyalik posbonni sotib olishga tayyor klublar nomi ma’lum emas. 

Ma’lumot uchun, Safonov 2024-yilning yozida 20 million yevro evaziga “Krasnodar”dan “PSJ”ga o‘tgan. U hozirgacha parijliklar safida 17 ta uchrashuvda maydonga tushgan bo‘lib, 7 bahsda o‘z darvozasi dahlsizligini saqlab qolgan. Transfermarkt portali 26 yoshli darvozabonning qiymatini 18 million yevroga baholamoqda.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar