Daryo

Rus tilida muloqot qilgan futbolchi Ukraina klubi sardorligidan mahrum qilindi

Shvetsiyaning “GAIS” va “Karpati” klublari o‘rtasidagi uchrashuv oldidan Denis Miroshnichenko jamoadoshlariga rus tilida murojaat qilgan. Uchrashuv yakunlanganidan ikki soat o‘tib, futbolchini jamoa sardorligidan chetlatish qarori qabul qilingan.

1 daqiqa o‘qish3 320 ko‘rishlar0 izoh1

Ukrainaning “Karpati” futbol klubi himoyachisi Denis Miroshnichenkoni sardorlik bog‘ichidan mahrum qildi. Bu haqda klubning rasmiy Telegram-kanalida ma’lum qilindi.

Qayd etilishicha, futbolchi Shvetsiyaning “GAIS” klubiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi oldidan jamoadoshlariga rus tilida murojaat qilgan. Uchrashuv yakunlanganidan taxminan ikki soat o‘tib, Miroshnichenkoni sardorlikdan chetlatish haqida qaror qabul qilingan.

Klub bayonotida aytilishicha, yangi sardor jamoa ichki tanlovi orqali aniqlangan. Natijada “Karpati”ning yangi sardori etib Vladislav Baboglo tayinlangan.

“Bugungi nazorat uchrashuvi oldidan sardor Denis Miroshnichenkoning harakatlari sababli jamoa yangi sardorni tanlaydi. Tanlov natijalari haqida klub qo‘shimcha ma’lumot beradi”, deyiladi klub xabarida.

Ma’lumot uchun, 31 yoshli Denis Miroshnichenko 2024-yildan beri “Karpati” sharafini himoya qiladi. Shuningdek, u 2013–2019-yillar davomida ham ushbu klub safida to‘p surgan. Umuman olganda, futbolchi faoliyati davomida Ukrainaning bir qancha klublari — “Krivbass”, “Aleksandriya” va “Dnepr-1” safida ham to‘p tepgan.

Eslatib o‘tamiz, 2022-yil fevral oyida Rossiya Ukrainaga qarshi harbiy harakatlarni boshlagan. Shundan buyon ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlar keskinlashib, siyosiy va ijtimoiy sohalarda ziddiyatlar saqlanib qolmoqda.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar