Daryo

Oleksandr Usik yaqin vaqt ichida faoliyatini yakunlashini ma’lum qildi

Ukrainalik bokschi o‘zining navbatdagi jangini 23-may kuni Misrda niderlandiyalik kikbokschi Riko Verxovenga qarshi o‘tkazadi.

1 daqiqa o‘qish2 635 ko‘rishlar0 izoh1

Superog‘ir vazn toifasida mutloq jahon chempioni, ukrainalik Oleksandr Usik tez orada katta sport bilan xayrlashishini ma’lum qildi. Bu haqda sportchi Ukraina nashrlaridan biriga bergan intervyusida so‘z ochdi. 

“Uch kun avval xayrlashuv sanasi haqida o‘yladim: o‘shanda nima deyman, qanday aytaman? Ishonavering, bu kun juda yaqin. Hozircha qilayotgan ishimdan zavq olyapman. Bu haqda o‘ylasam, hissiyotlarga berilamanmi? Yo‘q. Men qalbimni qaynoq, boshimni esa sovuq tutishga harakat qilaman”, deydi Usik.

Oleksandr Usik 39 yoshda. Hozirda Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA Super), WBC va Xalqaro boks federatsiyasi (IBF) chempionlik kamarlari sohibi. 2025-yil noyabr oyida ukrainalik sportchi Butunjahon boks tashkiloti (WBO) kamaridan voz kechdi va og‘ir vaznda mutlaq jahon chempioni unvonini yo‘qotdi. Usik professional ringda 24 ta g‘alaba (15 tasi nokaut bilan) qayd etgan va biror marta mag‘lub bo‘lmagan. Sportchi o‘zining navbatdagi jangini 23-may kuni Misrda niderlandiyalik kikbokschi Riko Verxovenga qarshi o‘tkazadi.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar