Daryo

“Vinisius yana 10 yil yuqori darajada o‘ynay oladi” — agent

Madridning “Real” klubi hujumchisi Vinisius Juniorning manfaatlarini himoya qiluvchi agent Federiko Pena braziliyalik futbolchi haqida gapirdi.

1 daqiqa o‘qish1 337 ko‘rishlar0 izoh0

Madridning “Real” klubi hujumchisi Vinisius Juniorning manfaatlarini himoya qiluvchi agent Federiko Pena braziliyalik futbolchi hali kamida o‘n yil yuqori darajada to‘p tepa olishini mumkinligi haqida gapirdi.

“Vinisius dunyoning eng yaxshi futbolchisi deb e’tirof etilgan. Uni qat’iyat, mehnatsevarlik va muxlislar hurmatini qozongan futbolchi deb bilaman. Vini yana kamida o‘n yil, balki undan ham uzoq vaqt davomida yuqori darajada o‘yin namoyish qila oladi deb o‘ylayman”, deya agentning so‘zlarini keltirdi Marca nashri.

Ma’lumot uchun, joriy mavsum 25 yoshli Vinisius “Real” safida jami 10 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 5 ta gol va 4 ta golli uzatma yozdirib qo‘ygan. Hujumchi “qirollik klubi”da 2018-yilgi mavsumdan buyon to‘p surmoqda. Uning madridliklar bilan shartnomasi 2027-yilning yoziga qadar amal qiladi.

Eslatib o‘tamiz, Vinisius 2024-yilda The Best tomonidan yilning eng yaxshi futbolchisi mukofotiga sazovor bo‘lgan edi.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar