Daryo

“Men ‘Real’ni tark etaman, bu yerdan ketganim ma’qul” — Vinisius Junior

Braziliyalik futbolchi “Barselona”ga qarshi bahsning 72-daqiqasida almashtirilgach, Xabi Alonsoga keskin e’tiroz bildirgan.

1 daqiqa o‘qish2 865 ko‘rishlar1 izoh10

Madridning “Real” klubi hujumchisi Vinisius Junior “Barselona”ga qarshi o‘yin vaqtida almashtirilgach, jamoani tark etish istagini bildirgan. Bu haqda Marca nashri DAZN ma’lumotlariga tayanib xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, braziliyalik futbolchi 72-daqiqasida almashtirilgach, Xabi Alonsoga keskin e’tiroz bildirgan. Maydon chetidagi texnik zonada Rodrigo maydonga tushishga tayyorlanar ekan, Vinisius bunga hayron bo‘lib, bir necha bor: “Menmi? Men?” deya Xabi Alonsoga murojaat qilgan. Almashtirilayotgani tasdiqlangan zahoti Vinisius o‘zini tuta olmay, yo‘lakda: “Men jamoani tark etaman. Bu yerdan ketganim ma’qul”, degan so‘zlarni bir necha bor takrorlagan.

Avvalroq, ommaviy axborot vositalarda Vinisius va “Real Madrid” rahbariyati yangi shartnoma bo‘yicha kelisha olmaganini haqida xabarlar tarqalgan edi. Chunki braziliyalik forvard klubning eng ko‘p maosh oladigan futbolchiga aylanishni istamoqda. Ammo rahbariyat uning istaklarini qanoatlantirmoqchi emas. Shu bois futbolchi hamda rahbariyat o‘rtasidagi munosabatlarga sovuqchilik tushgan.

Ma’lumot uchun, Vinisius Junior 2018-yilning yozidan beri “Real” safida to‘p suradi. Shu paytgacha u “qirollik klubi” bilan uch karra Ispaniya chempioni, ikki karra Chempionlar Ligasi g‘olibi bo‘lgan. Futbolchining amaldagi shartnomasi 2027-yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.

Joriy mavsum Vinisius Junior barcha musobaqalar doirasida jami 13 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 5 ta gol urgan va 4 ta golli uzatma yozdirib qo‘ygan. Transfermarkt portali futbolchining qiymatini 150 million yevroga baholamoqda.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar