Daryo

“Real”ning 86 foiz muxlisi Vinisiusning klubdan ketishini istamoqda — Marca

25 yoshli braziliyalik futbolchi atrofidagi mojaro Ispaniya La Ligasining 17-turidan o‘rin olgan “Real” hamda “Sevilya” o‘rtasidagi uchrashuv vaqtida avj oldi.

1 daqiqa o‘qish10 284 ko‘rishlar1 izoh10

Madridning “Real” klubi muxlislari braziliyalik hujumchi Vinisius Juniorning jamoadan ketishini istamoqda. Marca nashri o‘tkazgan so‘rov natijalariga ko‘ra, “qirollik klubi” muxlislarining 86 foizi Vinisiusdan voz kechish eng to‘g‘ri qaror bo‘ladi, deb hisoblamoqda. Ularning fikricha, futbolchining klubdagi mavqei ancha pasaygan.

25 yoshli braziliyalik futbolchi atrofidagi mojaro Ispaniya La Ligasining 17-turidan o‘rin olgan “Real” hamda “Sevilya” o‘rtasidagi uchrashuv vaqtida avj oldi. Bahsda “qirollik klubi” 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. Ammo o‘yin oxirida almashtirilgan Vinisius muxlislar tomonidan hushtakbozlik bilan kuzatildi. Shundan so‘ng futbolchi ijtimoiy tarmoqlardagi profil rasmini Braziliya terma jamoasi libosidagi suratga almashtirdi, bu esa vaziyatni yanada keskinlashtirdi.

Ma’lumot uchun, joriy mavsum Vinisius Junior “Real” safida barcha musobaqalar doirasida jami 24 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 5 ta gol va 8 ta golli uzatma yozdirib qo‘ygan. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2027-yil yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali braziliyalik vingerning qiymatini 150 million yevroga baholamoqda.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar