Daryo

“Manchester Yunayted” Vinisius uchun 200 mln yevro taklif qilmoqchi

“Real Madrid” esa ingliz klubi bilan muzokara boshlashga tayyor.

1 daqiqa o‘qish1 381 ko‘rishlar0 izoh1

Madridning “Real” klubi hujumchisi Vinisius Junior faoliyatini Angliya Premyer Ligasida davom ettirishi mumkin. Fichajes nashrining yozishicha, unga “Manchester Yunayted” jiddiy qiziqish bildirmoqda. 

Unga ko‘ra, mankunianliklar futbolchi 200 million yevro to‘lashga tayyor ekanligini bildirgan. “Real” esa “Manchester Yunayted” bilan muzokara boshlashga tayyor. Chunki braziliyalik vinger “qirollik klubi” bilan yangi shartnoma bo‘yicha kelishuvga erisha olmayapti. Vinisius madridliklar safida eng ko‘p maosh oluvchi futbolchi bo‘lishni istamoqda. Ammo klub rahbariyati uning talablarini qanoatlantirmoqchi emas. Inglizlar esa mazkur holatdan foydalanib, futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirmoqda. Vinisius hozircha kelajagi bo‘yicha bir qarorga kelmagan. Ammo “Real”dan ketsa, Angliya Premyer Ligasi klublaridan biri bilan shartnoma imzolashi ehtimoli yuqori ekanligi aytilmoqda.

Avvalroq Vinisius Juniorga “Manchester Siti” klubi qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Unga ko‘ra, “shaharliklar” ustozi Pep Gvardiola futbolchini jamoaga olib kelishni istamoqda.

Ma’lumot uchun, joriy mavsum braziliyalik futbolchi “Real Madrid” safida jami 14 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol va 4 ta golli uzatma muallifi bo‘lgan. Uning klub bilan shartnomasi 2027-yil yozigacha amal qiladi. Transfermarkt portali Vinisiusning qiymatini 150 million yevroga baholamoqda.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar