Daryo

“Manchester Yunayted” “Real” hujumchisini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

19 yoshli futbolchi qishki transfer oynasida “qizil iblislar” safiga ijara asosida o‘tishi mumkin

1 daqiqa o‘qish1 866 ko‘rishlar0 izoh0

Angliyaning “Manchester Yunayted” klubi Madridning “Real” jamoasida to‘p surayotgan braziliyalik hujumchi Endrikni o‘z safiga qo‘shib olishni istamoqda. Bu haqda Caught Offside nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, 19 yoshli futbolchi qishki transfer oynasida “Manchester Yunayted”ga ijara asosida o‘tishi mumkin. Ayni paytda Endrikka taxminan sakkizta klub jiddiy qiziqib turgani aytilmoqda. Biroq “Real” Madrid futbolchini sotishni rejalashtirmayapti. Klub rahbariyati uning rivojlanishini ta’minlash maqsadida boshqa jamoaga ijara asosida berish variantini jiddiy ko‘rib chiqmoqda. Shu bois, futbolchining kelajagiga yaqin kunlarda aniqlik kiritilishi kutilmoqda.

Ma’lumot uchun, joriy mavsumda Endrik “Real” safida hali birorta ham o‘yinda maydonga tushgani yo‘q. Bunga futbolchining jarohati sabab bo‘lgan. Uning klub bilan shartnomasi 2030-yil yozigacha amal qiladi. Transfermarkt portali hujumchining qiymatini 35 million yevroga baholanmoqda.

Avvalroq Endrikga Angliya Premer Ligasining yana bir klubi — “Vest Hem”, shuningdek, Ispaniyaning “Valensiya” jamoalari ham qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar