Daryo

“Real” hujumchisi qishda jamoani tark etadi — Romano

19 yoshli futbolchi muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishni istamoqda. Hujumchining asosiy maqsadi — Braziliya terma jamoasi safida 2026-yil AQSH, Meksika va Kanada maydonlarida o‘tadigan Jahon chempionatida ishtirok etish.

1 daqiqa o‘qish2 212 ko‘rishlar0 izoh1

Madridning “Real” klubi braziliyalik hujumchi Endrikni qishki transfer oynasida boshqa klubga ijaraga berishi mumkin. Bu haqda insayder Fabritsio Romano o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasi orqali ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, 19 yoshli futbolchi muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishni istamoqda. Hujumchining asosiy maqsadi — Braziliya terma jamoasi safida 2026-yil AQSH, Meksika va Kanada maydonlarida o‘tadigan Jahon chempionatida ishtirok etish. “Qirollik klubi” rahbariyati ham Endrikni ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishini istamoqda. Shu sababli, uni ijaraga berishga tayyor. Hozirda madridliklar bir nechta klublar bilan muzokaralar olib bormoqda. Agar tomonlar kelishuvga erisha olsa, braziliyalik forvard qishki transfer oynasi vaqtida jamoasini almashtiradi.

Futbolchi uchun “Manchester Yunayted” klubi asosiy da’vogar bo‘lib turibdi. Shuningdek, Angliya Premyer Ligasining boshqa bir klubi “Vest Hem” hamda Ispaniyaning “Valensiya” jamoasi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, “Real” Endrikni 2024-yil yozida 47,5 million yevro evaziga xarid qilgan. Ammo hujumchi jarohati sabab joriy mavsumda biror marta ham maydonga tushmadi. Uning klub bilan shartnomasi 2030-yil yozigacha amal qiladi. Transfermarkt portali futbolchining qiymatini 35 million yevroga baholagan.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar