Daryo

“Real” hujumchisi qishda Fransiya klubiga o‘tadi

“Lion” 19 yoshli futbolchini ijaraga olish bo‘yicha rasmiy so‘rov yuborgan va tomonlar o‘rtasida muzokaralar boshlangan.

1 daqiqa o‘qish1 665 ko‘rishlar0 izoh1

Madridning “Real” klubi hujumchisi Endrik yanvar oyida Fransiyaning “Lion” jamoasiga ijara asosida o‘tishi mumkin. Bu haqda taniqli insayder Fabritsio Romano o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, “Lion” 19 yoshli futbolchini ijaraga olish bo‘yicha rasmiy so‘rov yuborgan va tomonlar o‘rtasida muzokaralar boshlangan. Fransuz klubi Endrikka o‘z loyihasini taqdim etgan, ijara muddati esa 2026-yil iyunigacha davom etishi kutilmoqda.

Xabar qilinishicha, Endrik kelasi oyda barcha takliflarni ko‘rib chiqadi, biroq bir nechta manbalar braziliyalik hujumchi aynan “Lion” variantini tanlashi mumkinligini taxmin qilmoqda.

Avvalroq OAVda futbolchiga Angliyaning “Manchester Yunayted” klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilgandi. Ma’lumotlarga ko‘ra, “qizil iblislar” ham Endrikni ijaraga olish imkoniyatini o‘rganmoqda.

Ma’lumot uchun, joriy mavsumda 19 yoshli braziliyalik hujumchi “Real” safida birorta o‘yinda maydonga tushmagan. Uning Madrid klubi bilan tuzgan shartnomasi 2030-yil yoziga qadar amal qiladi. O‘tgan mavsumda Endrik barcha musobaqalar doirasida jami 37 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 7 ta gol yozdirib qo‘ygan. Transfermarkt portali uning qiymatini 35 million yevroga baholamoqda.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar