Daryo

O‘zbekistonning Sloveniyadagi birinchi elchisi tayinlandi

Oybek Shaxavdinov diplomatik protokol boshqarmasi boshlig‘i Natasha Praxga ishonch yorliqlarining nusxasini topshirdi

1 daqiqa o‘qish8 797 ko‘rishlar0 izoh0

Oybek Shaxavdinov O‘zbekistonning Sloveniyadagi birinchi elchisi etib tayinlandi. Bu haqda O‘zbekistonning Vengriyadagi elchixonasi xabar berdi.

Foto: O‘zbekistonning Vengriyadagi elchixonasi

U 24-oktyabr kuni Sloveniya Tashqi va Yevropa ishlari vazirligida diplomatik protokol boshqarmasi boshlig‘i Natasha Praxga ishonch yorliqlarining nusxasini topshirdi. 

Muloqotda ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikning istiqbollari muhokama qilindi.

Oybek Shaxavdinov 2024-yilning mart oyidan buyon qarorgohi Budapeshtda joylashgan Vengriyadagi birinchi elchi lavozimida ishlab kelayotgandi. U Xorvatiyada ham O‘zbekistonning  birinchi elchisi bo‘ldi (qarorgohi Budapeshtda).

Oybek Shaxavdinov Birmingem universiteti (Buyuk Britaniya), Toshkent davlat yuridik universiteti (magistratura), Moskva davlat xalqaro munosabatlar institutining (MDXMI) tarjimonlar tayyorlash kursini tamomlagan.

Diplomat 2004-yildan buyon TIV tizimida. Mehnat faoliyatini Toshkentdagi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida boshlagan, so‘ngra TIVning Yevropa davlatlari bilan hamkorlik boshqarmasida referentlikdan boshqarma boshlig‘i singari diplomatik xizmatning barcha bosqichlarini bosib o‘tgan. O‘zbekistonning Bryusseldagi elchixonasida ishlagan.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar