• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.32
    • RUB161.89
    • EUR14822.1
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Madaniyat Shou-biznes

    “Qizim uchun o‘zimni asrashim kerak”. Bolaligida tortinchoq bo‘lgan, sahnada tinch turolmaydigan, sevgida omadi chopmagan Sevinch Mo‘minova 43 yoshda

    Sevinch Mo‘minova 30-iyun kuni 43 yoshni qarshiladi. Nafaqat xonandalikda ham, aktrisalikda ham omadi kulgan ijodkorning muxlislari nafaqat O‘zbekistonda, balki butun Markaziy Osiyoda bor, desak xato bo‘lmaydi. Shu munosabat bilan uning bolaligi, hayoti va ijodiy faoliyatiga nazar solamiz.

    “Yovvoyi qiz bo‘lganman”

    Xonandaning otasi Tolib Mo‘minov harbiy xizmatni Ozarbayjonda o‘tagan. U Ozarbayjonga borganda Mahbura ismli qiz bilan tanishib qolib, u bilan oila qurgan. Ularning muhabbati sabab Shahlo, Sevinch va Kamron ismli farzandlar dunyoga kelgan.

    Foto: Instagram

    — Bolaligim juda go‘zal o‘tgan. Tabiatan yovvoyi qiz bo‘lganman. Odamlar bilan tez til topishib ketolmasdim. Dadamning qo‘llarini ushlab, ortiga yashirinib turardim. Hozir ham shu odatlarim saqlanib qolgan. San’atkor bo‘lishimni mendan ham ko‘proq dadam istagan, deydi xonanda Sevinch Mo‘minova.

    “15 yoshimda klipda suratga tushganman”

    Xonandaning san’atga kirib kelishi juda qiziq kechgan. Aslida, uning bu sohani tanlashiga hech kim shubha qilmasdi. Boisi otasi san’atkor bo‘lgan va u Oxunjon Madaliyevning ustozi hisoblanadi.

    Foto: Instagram

    — San’atkor bo‘lishimda dadamning hissasi juda katta. Chunki u inson sabab bolalikdan san’atga mehr qo‘yganman. Ustozim, maslahatchim, hatto targ‘ibotchim ham dadam bo‘ladi. Rahmatli Oхunjon Madaliyev dadamni juda hurmat qilardi. “Seni bugun ko‘rmasam bo‘lmas” klipi suratga olinganidan keyin dadam operatordan “Mening qizimga ham klip olib bering”, deb iltimos qilgan. Ilgari kliplar tabiat qo‘ynida, oddiy suratga olinardi. Bir nechta kadrlarni olishganidan keyin birinchi klipim olindi, deb rosa xursand bo‘lganman. Bir oydan keyin o‘zimni Oхunjon Madaliyevning “Seni bugun ko‘rmasam bo‘lmas” klipida ko‘rib, rosa xursand bo‘lganman. O‘shanda bor-yo‘g‘i 15 yoshda edim, deydi xonanda.

    “Sahnada tinch turolmasdim”

    Ilk so‘zi bilan bog‘liq xotiralar hech qachon unutilmaydi. Sevinch Mo‘minova ham ilk bor katta sahnaga chiqqan kunini yaxshi eslaydi.

    Foto: Instagram

    — 16 yoshimda Oхunjon Madaliyevning yakkaxon konsert dasturida ishtirok etganman. Juda hayajonli bo‘lgan. Raqs tushishni yaxshi ko‘rganim uchun sahnada tinch turolmasdim. Bu harakatlarim ko‘plab tanqidlarga uchragan bo‘lsa-da, odamlar shu jihatim bilan meni yaxshi ko‘rishadi, deb o‘ylayman. Ammo hozir avvalgidek raqsga tusholmayman. Ilgari sahna chetida turib bo‘lsa-da, raqsga tushaverardim. Hozir qizim uchun o‘zimni asrashim kerak, deyman. Balki, bu yoshimning ulg‘aygani bilan ham bog‘liqdir, deydi xonanda.

    Jamila G‘ofurova Sevinchning o‘rnida bo‘lishni istagan

    Xonanda Sevinch Mo‘minova xonandalik faoliyatini boshlamasidan oldin 2002-yilda kinorejissyor Qamara Kamolovaning “Dilhiroj” filmida suratga tushgan. Aktrisa Jamila G‘ofurova Sevinchga raqobatchi bo‘lgani va bu rolni ijro etishgani haqida so‘zlab bergan.

    Foto: Instagram

    — 16 yoshimda “Dilhiroj” deb nomlangan filmda Alisher Hamroyev, Sevinch Mo‘minovalar bilan birga suratga tushganman. O‘shanda  to‘lachaligim uchun bosh rolga olishmagan. “Dilhiroj” filmida kasting ham bo‘lmagan, “Siz qaysi rolga keldingiz”, deyishganida “men bosh rolga keldim, bosh rolni o‘ynayman”, deganman. O‘shanda rejissor “Jamila, agar bosh rolni o‘ynamoqchi bo‘lsangiz, ozishingizga to‘g‘ri keladi, siz ozgina to‘lachasiz”, degan edi. Haqiqatdan ham to‘lacha qiz edim, bosh rolga ham to‘g‘ri kelmas edim, biroq kim o‘zini “Men to‘laman, bosh rolga ham to‘g‘ri kelmayman”, deb aytadi, deydi aktrisa Jamila G‘ofurova. 

    Filmni suratga olish jarayonlari naqd qirq kun Surxondaryo viloyatida bo‘lib o‘tgan. Ota-onasidan hech qachon ayro yashamagan Sevinch suratga olish maydonchasida ham ular bo‘lishini istagan. 

    Sevinch Mo‘minovaning qiyofadoshi

    Xonanda Sevinch Mo‘minovaning o‘ziga o‘xshash Shahlo ismli opasi bor. Opa-singillarning orasida bir yosh farq bor. Instagram kuzatuvchilari xonandaning qizi Leylani Shahlo xolasiga o‘xshatishadi.

    Foto: Instagram

    — Shahlo opam bilan deyarli tengdoshdek ulg‘ayganmiz. Tashqi ko‘rinishimiz o‘xshash bo‘lgani uchun ilgari bizni egizak deb o‘ylashardi. Shahlo Angliyada tahsil olgan, tarjimon va iqtisodchilik mutaxassisliklarini egallagan. Hozirda farzandlari tarbiyasi bilan band, deydi xonanda Sevinch Mo‘minova.

    Sevinch YouTube’dan qancha daromad oladi?

    Xonanda “Internet qirolichasi” deya ta’riflanishi bejiz emas. Chunki u qidiruvlar tizimida eng ko‘p izlanadigan o‘zbek xonandalaridan biri hisoblanadi. Bundan tashqari, “Ne bo‘ldi?” qo‘shig‘i ham 83 million marta tomosha qilingan. 

    Foto: Instagram

    Mazkur qo‘shiq “Baxt uchun million” filmiga soundtrek sifatida ijro etilgan. Aslida, u plagiat qo‘shiq bo‘lib, Sevinchdan avval uni hind, turk va grek xonandalari ham ijro etishgan. Qo‘shiq matni esa shoira Gulbahor Mo‘minova qalamiga mansub.

    — YouTube’dan topadigan daromadimiz u qadar yuqori emas. Oyiga 1 000 dollardan pul keladi, deydi xonandaning otasi Tolib Mo‘minov.

    Darz ketgan munosabatlar — Sharof Muqimov bilan Sevinchning turmushi

    2010-yildagi yulduzlar juftligining to‘yi katta shov-shuvlarga sabab bo‘lgandi. Hatto Sharof Muqimov va Sevinch Mo‘minovaning nikoh oqshomining videodisklari sotuvga ham chiqarilgandi.

    Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

    — Sharof avvalgi intervyularida “Bo‘laveradi, deb uylanmaslik kerak ekan” debdi. U emas, aslida men “Mayli, bo‘laveradi”, deb turmushga chiqqandim-ku. To‘yni to‘xtatmoqchi bo‘lganim esidan chiqib qolibdimi? Unashtirilgandik, to‘yimiz aniq edi, lekin bir kunda bir marta xabar olib qo‘ng‘iroq qilmasdi, men bilan qiziqmasdi. Sevmasligini, mehri yo‘qligini o‘sha vaqtdan sezardim. Chaqirib, to‘yni to‘xtatmoqchiligimni aytganimda ham menga emas, senga har xil gaplar keladi, degandi. Farqi yo‘q, dedim. “Endi baxtimni topganimda meni tashlab ketma”, deb yig‘ladi, sodda bo‘lib o‘sha ko‘z yoshlariga ishonibman. Lekin bari soxta ekan, deydi xonanda.

    “Bir oylik kelinchakligimda qattiq do‘pposlagan”

    Sevinch yangi kelinlik paytida Sharof uni qattiq kaltaklagani haqida ham gapirdi.

    Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

    — Qaynonam boshida meni yoqtirardi, yaxshiyam vodiydan kelin qilgan ekanmiz, qo‘l-oyog‘i chaqqon, shirinso‘z ekan, deb onamga qo‘ng‘iroq qilib rahmat ham aytgan. Bilmayman, qanday qilib meni yomon ko‘rib qoldi. Oilada qanday gap-so‘z bo‘lsa ham, umuman gap qaytarmaganman. Chunki onam meni shunday tarbiyalagan. Bir marta gap qaytarganman. Unda ham “Bu uydan ket, yo‘qol”, deb haydaganida, “Yo‘q, ketmayman, erim ket, desa ketaman”, deganman. Shunda ham “erim” degan so‘zim yoqmagan. Juda qattiq gap eshitganman.

    Bir oylik kelinchak paytimda Sharof qattiq do‘pposlagan. Uyga kelayotganida qo‘ng‘iroq qilganim uchun. Yonida do‘sti bo‘lgan, kelyapsizmi, deganimni eshitgan va “Xotiningni hozirdan qattiq ushla, esini kirg‘izib qo‘y, sendan qo‘rqib tursin”, deb “maslahat” bergan. Yarim kechasi uyga kelib do‘pposlagan, urmagan joyi qolmagan. Dod-voy ovozini eshitib uydagilardan hech kim chiqmagan. Xo‘rligim kelib, narsalarimni yig‘ishtirib, ketaman, deganimda, yana kechirim so‘rab olib qolgan, deya eslaydi Sevinch Mo‘minova.

    “Uyimizdan begona ayolning kiyimini topib olganman”

    Afsuski, yulduzli juftlikning baxtli onlari uzoqqa cho‘zilmadi. Oilada dunyoga kelgan qizaloq ham uni saqlab qololmadi. Sevinch to‘ydan so‘ng besh oy davomida qaynona-qaynotasi bilan bitta uyda yashashgan, so‘ng turmush o‘rtog‘i bilan alohida uyga ko‘chib o‘tgan. “Shu vaqtdan e’tiboran oilamiz buzilishni boshladi, chunki Sharof bir kun men bilan yashasa, bir kun ota-onasi bilan yashardi”, deydi Sevinch.

    Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

    — Ajrashishimizga sabablarni aytsam, begona qizlar bilan yozishardi, isbotlarigacha bor. Onamni ko‘rgani Farg‘onaga 1 haftaga ketib, qaytib kelganimda, uydan ayollar upasini topganman, meniki emasdi. Janjal ko‘tarmaganman, faqat so‘raganman. “Do‘stim klipga suratga tushgandi, grimyorniki cho‘ntagida qolib ketgan ekan, shu tushib qolgan, shekilli”, degan. Gapiga ishondim. Unga qattiq ishonardim, menga xiyonat qilishi mumkinligini tasavvur ham qilmasdim.

    Keyin hammomdan begona ayollar ichki kiyimini topib oldim, shundan so‘ng butkul ishonchim yo‘qoldi. Ataylab tashlab ketilgan edi. Hech kim unutib qoldiradigan narsa emas-ku bu. Bir qiz bilan ham gaplashishini bilib qolganman. Sharof unga “Mabodo Sevinch senga qo‘ng‘iroq qilib qolsa, singlisiman, deb aytgin” degan ekan. U qizga qo‘ng‘iroq qilganimda yashirib ham o‘tirmay, “Ha, biz gaplashamiz” deb, menga Sharofning o‘sha gaplarini skrinshot qilib yuborgandi. Men shunda ham qizim uchun u otasiz katta bo‘lmasin deb, bu ishlariga ko‘z yumganman. Lekin ko‘nglim sovib bo‘lgandi. Men oxirgi nuqtagacha oilamizni asrab qolishga harakat qilganman. U esa qarindoshlarining, o‘rtoqlarining gapiga kirardi, ajrashishimizda ularning ham gapining taʼsiri bo‘lgan, deydi Sevinch.

    “Turmush qurishni ko‘p taklif qilishadi”

    Sharof Muqimovning onasi saratonga chalinganida ham xonanda bunga Sevinchni aybdor qilgani haqida gapirdi. 

    Foto: Instagram

    — Alohida chiqib ketganimdan so‘ng 6 yil o‘tib, qaynonam saraton kasaliga chalindi. Shundan keyin Sharofning menga muomalasi qattiq o‘zgardi. “Borib qaraymi?” deganimda yo‘q, dedi. Aytishlaricha, onasini men kasal qilib, jonini olgan ekanman. Men oilamizni saqlab qolishga oxirigacha harakat qildim. Boshidan boshlaylik, deganimda ham, qarindoshlarim, do‘stlarim nima deyishadi, degandi. Shundan keyin bu odamning o‘zining fikri yo‘qligini bilganman. Hozir ham menga turmush qurish taklifi bilan ko‘p chiqishadi, ammo qizimga chin otalik qila oladigan, meni doim himoya qilib, yonimda turadigan inson bo‘lsagina, rozi bo‘lishim mumkin, taqdir qilmagan bo‘lsa, bunga ham roziman, deydi u.

    Ana shunday vajlarga ko‘ra ular 2017-yilda rasman ajrashdi. Xonanda Sevinch esa qizi Leylani yolg‘iz tarbiya qilmoqda.

    “Ko‘chadagi hayotdan charchaganman”

    Sevinch Mo‘minova hamisha shoshib yuradigan va hamkasblari bilan yaqin munosabatda bo‘lmaydigan xonanda. U “Daryo”ga bergan intervyusida buning sababini quyidagicha izohlagandi.

    Foto: Instagram

    — Qizim tug‘ilganida to‘rt yil jamiyatdan uzilib, bor e’tiborimni farzandimga qaratganman. Haqiqatan ham shoshib yuraman, san’atkorlar bo‘ladigan ko‘p davralarda ishtirok etolmayman. Chunki shovqin va ko‘cha hayotidan charchaganman. Sokin hayotimda qizim, ota-onam bilan bo‘lsam bo‘ldi. Ilgari gastrol safarlariga ham ko‘p borardim. Hozir konsertni yoki to‘yni o‘tkazib, uyga shoshilaman. Balki, bu onalik mehridir, deydi xonanda Sevinch Mo‘minova.

    7 iyul, 11:40   Izoh (0)   2871
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Sevinch Mo‘minova#Sharof Muqimov#shou-biznes

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!  


    Chiroyli davlat raqami va 1 yillik transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtasiga ega HAVAL


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir


    Kapitalbank Top Employers Institute talqini bo‘yicha O‘zbekistonning eng yaxshi ish beruvchisi maqomini yana bir bor tasdiqladi


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    CAEx Mebel & Decor 2025 ko‘rgazmasi 13-15-sentyabr kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadi


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    riitm aqlli platformasi O‘zbekiston tinglovchilariga 30 million trek taklif etmoqda


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi

     

    Tavsiya etamiz

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23

    SSSRning qo‘shni davlatga bosqini tarixi: Afg‘onistonda yodgorlik o‘rnatilgan yagona sovet askari kim edi?

    5 iyul, 15:22

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Klublar o‘rtasidagi JCh. “PSJ” “Real”ni tor-mor etib, musobaqa finaliga yo‘l oldi (video)

    Sport | 10 iyul, 08:01

    “Joriy yil oxirigacha issiq suv va issiqlik taʼminoti to‘lovlari bir martadan ortiq oshirilmaydi” — Ilhom To‘rayev

    O‘zbekiston | 10 iyul, 08:00

    Latviya davlat xizmatchilarining Rossiya va Belarusiyaga borishini taqiqladi

    Dunyo | 10 iyul, 00:05

    Ozarbayjon va Rossiya o‘rtasidagi mojaro: nega bu ikki tomonlama ziddiyat Markaziy Osiyoda aks-sado bermoqda?

    Dunyo | 9 iyul, 23:45

    Joze Mourinyo sobiq shogirdini “Fenerbahche”ga olib kelmoqchi

    Sport | 9 iyul, 23:30

    “Ikki marta ko‘rgan insonimga turmushga chiqqanman”. Shahzoda Muhammedova oilasi, farzandlari va biznesi haqida gapirdi

    Shou-biznes | 9 iyul, 23:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.