• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12557.56
    • RUB159.44
    • EUR14809.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Qaror muhokamasi tugamagan edi”, “Bankdagi depozit o‘qish sifatiga qanday yordam beradi?” — faollar xususiy OTMlarga qo‘yilgan yangi talablardan norozi

    O‘zbekistonda nodavlat OTMlar faoliyatini litsenziyalashning qo‘shimcha shartlari belgilandi. Bu bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining “Respublikada nodavlat taʼlim xizmatlari sifatini oshirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 403-sonli qarori qabul qilindi. Iqtisodchi Yuliy Yusupov va bir nechta ijtimoiy tarmoq faollari qaror haqida o‘z fikrlarini bildirib, qarorni biznes yuritishda to‘siq yaratadi deb hisoblamoqda.

    Yusupovning fikricha, bu to‘siqlar korrupsiya uchun imkoniyatlarni oshiradi.

    “O‘zbek byurokratiyasi o‘zining eng sevimli mashg‘ulotini davom ettirmoqda: xususiy tadbirkorlik uchun to‘siqlar yaratib, mamlakatda biznes yuritish xarajatlari va xatarlarini oshirmoqda. Bu esa ham yoqimli, ham foydali: to‘siqlar qancha ko‘p bo‘lsa, ularni o‘rnatadigan va nazorat qiladigan shaxslarning hokimiyati shuncha katta bo‘ladi va bu to‘siqlarni chetlab o‘tish bilan bog‘liq korrupsiya imkoniyatlari shuncha ko‘p bo‘ladi”.
    Foto: “Sputnik”
    Foto: “Sputnik”

    Iqtisodchining fikricha, xususiy universitetlarda ta’lim sifati bilan bog‘liq muammolar mavjud, ammo amaldorlar bilim berish jarayoni ustidan nazorat qilish o‘rniga boshqa yo‘lni tanlagan.

    “Ayrim xususiy oliygohlarda ta’lim sifati joyida emasligi hammamizga ayon. Va bu borada biror chora ko‘rish zarur. Ta’lim sifati ustidan nazorat — Oliy ta’lim vazirligining asosiy vazifalaridan biri. Vazirlik ta’lim muassasalarini tekshirish, talabalar hamda bitiruvchilarning bilimini testdan o‘tkazish orqali monitoring olib borishi kerak. Shuningdek, vazirlik o‘quv jarayoni sifatiga ta’sir ko‘rsatadigan o‘qitish parametrlariga asosli talablar qo‘yishi lozim.

    Ammo bizning amaldorlar boshqa yo‘lni tanlashdi: o‘quv muassasalarining moddiy-moliyaviy bazasiga bo‘lgan talablarni keskin oshirdi. Taklif etilayotgan choralar ta’lim sifatini yaxshilashga qanday hissa qo‘shishi tushunarli emas. Ammo ular o‘quv muassasalari xarajatlari va o‘qish narxiga qanday ta’sir qilishini tushunish juda oson. Va bu ta’sir juda achinarli oqibatlar olib keladi”.

    Yusupov xususiy universitetlarga qo‘yilayotgan quyidagi talablar haqida gapirmoqda:

    • tijorat bankida 350 ming AQSH dollari miqdorida depozit joylashtirish;

    • oliygoh dastlabki 5 yilda sof foydaning kamida 80 foizini, keyinchalik esa kamida 50 foizini asosiy faoliyatni rivojlantirishga yo‘naltirishi shart;

    • ustav fondi kamida 2 mln dollar bo‘lishi va u keyinchalik talabalar soniga qarab yana oshirilishi lozim;

    • tashkil etilayotgan oliy taʼlim tashkilotining taʼlim jarayoniga mo‘ljallangan bino va inshootlari maydoni 5 ming kv/metrdan kam bo‘lmasligi lozim. Bunda bino universitetning o‘z mulki bo‘lishi shart emas, kamida 5 yil muddatga tuzilgan ijara (tekin foydalanish) shartnomasi asosida ish boshlash ham mumkin.

    U mutasaddilar oldiga “o‘qitish sifatini yaxshilashga bankdagi ishlatilmay yotgan 350 ming dollar qanday yordam beradi? Agar bu o‘ziga xos sug‘urta fondi bo‘lsa, unda nima va qanday xatarlar sug‘urtalanadi?” kabi savollar yo‘llagan.

    “Amaldorlar xususiy tuzilmaning foydasini qanday taqsimlashini nima uchun tartibga soladi? Nega foydaning 50-80 foizi rivojlanishga yo‘naltirilishi shart? Bu qanday talab? Agar dastlabki investitsiyalar keyingi o‘n yilga yetadigan rivojlanish darajasini ta’minlagan bo‘lsa, unda nega yana sarmoya kiritish kerak?

    Ustav fondi va binolar bo‘yicha bu qadar yuqori talablar nima uchun kerak? Agar bu 200-300 talaba o‘qiydigan kichik, tor ixtisoslashgan oliygoh bo‘lsa-chi? Unga 5000 kv/m bino nima uchun kerak? Yoki hatto yirik oliygohning o‘quv jarayonining katta qismi masofaviy shaklda olib borilsa-chi?”, deydi Iqtisodchi Yuliy Yusupov.

    Yana bir iqtisodchi Otabek Bakirov qaror yarim tunda imzolanganidan norozi. Uning fikricha, qaror 5-iyulgacha muhokamada bo‘lishi kerak edi.

    “Xo‘p, nega muhokama uchun ajratilgan yana 5 kunni kutmay, 30-iyun sanasi bilan qarorni imzolab yuborishdi, deb o‘ylaysiz?

    Sabab shuki, Prezident farmoni bilan 2025-yil 1-iyuldan boshlab 2028-yil 1-yanvarga qadar kichik va o‘rta biznes subyektlari zimmasiga yangi majburiyatlar yuklatilishini nazarda tutadigan normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilishga moratoriy eʼlon qilingan.

    Xususiy oliy taʼlim muassasalarining deyarli hammasi o‘rta biznes subyektlari (yillik aylanmasi 100 mlrd so‘mgacha) hisoblanadi va agar hukumat qarori loyiha muhokamasi tugagach, aytaylik, 5-iyuldan keyin imzolanganida Prezident moratoriysi buzilgan bo‘lardi.

    Ko‘p aytganimizdek, ayrim dahshatli qarorlar yarim kechasi eʼlon qilinadi yoki yarim tunda imzolanadi”, deydi mustaqil iqtisodchi.
    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova
    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    Tadbirkor Hikmat Abdurahmonov ushbu qaror regulyator tomonidan ko‘rib chiqilishiga umid bildirgan.

    “Barchamiz sifatli ta’lim bo‘lishini xohlaymiz. Bu — haqiqat. Ammo agar mamlakatda sifatli ta’lim uzoq vaqt davomida mavjud bo‘lmagan bo‘lsa, aynan xususiy sektor uchun talablarni kuchaytirish bu vaziyatga qanday yordam beradi? Axir sifatli ta’lim xususiy oliygohlar faoliyati sababli emas, balki davlat oliygohlarining monopol mavqeyi va regulyatorlarning konservativ yondashuvi tufayli rivojlanmadi. 30 ming nafar talaba o‘qiydigan oliygoh bilan 300 nafar talaba o‘qiydigan oliygohni qanday qilib bir xil mezon bilan baholash mumkin? Hisob raqamida 350 ming dollarni muzlatib qo‘yishning nima keragi bor? Bu universitet sifatiga qanday yordam beradi”.
    Foto: “Daryo”
    Foto: “Daryo”

    Tadbirkorning fikricha ushbu qaror juda shoshilinch qabul qilingan.

    “Oliygohlar o‘n yillar davomida rivojlanadi, hozir baho berish uchun erta. Axir birinchi xususiy oliygohlar bozorga endigina o‘zining ilk bitiruvchilarini chiqara boshladi. Biz o‘z bitiruvchilarimiz bilan o‘tgan haftada, ular tamomlaganidan bir yil o‘tib uchrashdik. Ularning muvaffaqiyatlari bizni allaqachon hayratga soldi.

    Umid qilamanki, regulyator bu qarorni qayta ko‘rib chiqadi”.

    Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy o‘tgach kuchga kiradi. Qaror kuchga kirgunga qadar litsenziya olgan tadbirkorlik subyektlari 2026-yil 1-yanvarga qadar o‘z faoliyatini yangi litsenziya talablari va shartlari asosida tashkil etishi lozim.

    4 iyul, 15:12   Izoh (0)   1240
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    Smart Business va UZCARD Farg‘ona tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda 


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi

     

    Tavsiya etamiz

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Linkoln imzolagan qullikni bekor qilish hujjati 12 mln dollarga sotildi

    Dunyo | 4 iyul, 23:50

    Xitoyda 300 ming yillik sirli yog‘och qurollar topildi

    Dunyo | 4 iyul, 23:30

    Surxondaryoda 65 sotix yerni 1,1 mlrd so‘mga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

    O‘zbekiston | 4 iyul, 23:15

    “Daryo” dayjesti: 4-iyulning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 4 iyul, 23:00

    Amerikaliklarning qariyb 40 foizi Maskning yangi partiya tuzish g‘oyasini qo‘llab-quvvatladi

    Dunyo | 4 iyul, 22:40

    Maosh kuniga 75 yevro: o‘zbekistonliklar Slovakiyaga ishga chaqirilmoqda

    O‘zbekiston | 4 iyul, 22:25

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    O‘zbekiston | 4 iyul, 22:11

    Superliga. “So‘g‘diyona” Jizzaxda “Qo‘qon-1912”ni mag‘lub etdi

    Sport | 4 iyul, 22:09

    AQSHda 400 yilga nohaq hukm qilingan shaxsga qariyb 2 mln dollar tovon to‘landi

    Dunyo | 4 iyul, 21:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.