“Sporting” va Shvetsiya terma jamoasi hujumchisi Viktor Dyokeresh Londonning “Arsenal” klubi bilan shartnoma shartlarini kelishib oldi. Bu haqda futbol insayderi Nikolo Skira xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, tomonlar 2030-yil yozigacha mo‘ljallangan besh yillik shartnoma bo‘yicha to‘liq kelishuvga erishgan. Endilikda “Arsenal” transfer summasi borasida “Sporting” bilan muzokaralarni davom ettirishi kutilmoqda.
Avvalroq, Dyokereshga “Manchester Yunayted” klubi ham qiziqish bildirgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Biroq futbolchi bu taklifni rad etgan, sababi — “qizil iblislar” keyingi mavsumda Chempionlar Ligasida ishtirok etmaydi.
25 yoshli hujumchi o‘tgan mavsumda Portugaliya klubida ajoyib natijalar qayd etdi. U lissabonliklar safida 52 ta o‘yinda maydonga tushib, 54 ta gol va 13 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning “Sporting” bilan amaldagi shartnomasi 2028-yilgacha mo‘ljallangan bo‘lib, futbolchining transfer narxi taxminan 75 million yevroga baholanmoqda.
Izoh (0)