• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12557.56
    • RUB159.44
    • EUR14809.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +44°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Madaniyat Musiqa Shou-biznes

    Mualliflik qo‘shig‘i bitiruvchilar madhiyasiga aylangan xonanda Ravshan Sobirov 50 yoshda

    “Bolalar” guruhi bilan tanilgan, “Sevar edim”, “Sen yig‘lama”, “Xayr, maktabim” qo‘shiqlari bilan mashhur bo‘lgan xonanda Ravshan Sobirov 50 yoshni qarshiladi. Shu munosabat bilan ijodkorning bolaligi va ijodiy faoliyatiga nazar solamiz.

    Ilk maktabni “Bolalar”dan olganman

    Foto: Instagram

    — Sanʼatga qiziqishim yoshlikdan boshlangan, plastinkada qo‘shiqlar eshitardim. O‘zimizning “Yalla”, chet el xonandalarining taronalarini yoqtirardim. Gitara chalishga qiziqardim, bir do‘stimning gitarasi bor edi. Chalishni o‘rganish uchun uning uyiga borib, gitarasini bersa-bermasa, aldab-suldab bir amallab olib o‘rganardim. Husan akam Sodiqovdan o‘rganib, yonida o‘tirib chalardim. Orada armiyaga ketib, qaytgach “Bolalar” guruhida 3-4 yil ishlaganman.

    Ovoz tembrlari o‘xshash bo‘lgani sababli ilk yakkaxon qo‘shig‘i chiqqanda ko‘pchilik Tohir Sodiqovning yangi qo‘shig‘i chiqdi, deb ham o‘ylagan. U vaqtda qo‘shiqlar radioefirlarda ketardi. Balki amakivachcha bo‘lganimiz, balki musiqa tahsilini bir joyda olganimiz uchun imkoniyatlarimiz o‘xshab ketgan bo‘lishi mumkin, deydi xonanda.

    “Bolalar”dan ajralib yakkaxon ijodni boshlaganman

    Ravshan va Tohir amakivachcha hisoblanadi. Yaʼni ular aka-ukalarning o‘g‘illari.

    Foto: Instagram

    — Tohir bilan hech qanday kelishmovchilik bo‘lmagan. Lekin ijodkor o‘zining yakkaxon ijodini qilishi kerak, baribir. Tohir hech qachon yordam so‘raganimda rad etmagan, kerak joyida ko‘maklashib yuborgan. “Yana yog‘ar yomg‘irlar”, “Javob ber” nomli qo‘shiqlarimni chiqarganman. Birinchi “Sevar edim” klipimni Qoraqalpog‘istonning Mo‘ynoq hududida suratga olganmiz. Shundan keyin gala konsertlarga takliflar tushgan, birinchi gastrolim Xorazmda bo‘lgan. Undan so‘ng yakkaxon konsertga taklif tushgan. Husan akamga bir yarim-ikki soatlik dastur uchun qo‘shig‘im yetmaydi-ku, desam, amallaymiz degan. Muxlislar “Sevar edim”ni 12 marta ayttirishgan, adashmasam, deydi u.

    “Xayr maktabim”ning so‘zlari Samarqanddagi gastrolda yaralgan

    Foto: Instagram

    — “Askar” nomli qo‘shiq yozishni o‘yladik, ammo bosh qahramonni o‘zim o‘ynashimni rejissyor taklif qildi. Xizmat qilgansan, bilasan, o‘zing o‘yna dedi. U qo‘shiq ham yaxshi chiqdi. Undan keyin “Setora” guruhi bilan “Turkiston” saroyida konsert berdik. Bitiruvchilar uchun konsert berishga kelishdik, lekin eng qizig‘i hali bitiruv qo‘shig‘i yo‘q edi. Qo‘shiq matnini Husan akam bilan o‘zimiz yozamiz deb kelishdik. O‘sha paytlar mart-aprel oylari edi. Har yili shu vaqtda Samarqandga gastrolga borib, 3-4 ta konsert qo‘yib kelardik. Safarda vaqtimiz g‘oya keldi, qo‘shiqni “Xayr, maktabim” deb nomlaydigan bo‘ldik. “Setora”ga ko‘rsatganimizda ularga ham juda yoqdi. Xullas shu bilan konsert uchun shu taronani tayyorladik. Bu qo‘shiq 2000-yildan boshlab hozirgacha bitiruvchilarning madhiyasiga aylandi desam ham bo‘ladi, deydi Ravshan Sobirov.

    “Hozir hamma to‘y uchun ijod qilyapti”

    Foto: Instagram

    — Yurakdan ijod qilsa, shunday umrboqiy qo‘shiqlar yaraladi. Hozir esa hamma to‘y uchun ijod qiladi, qo‘shiqchilarning ham bastakori bitta — uning “dastxat”i ham bir xil bo‘ladi-da. To‘yga moslab qiladi, o‘zining ijodi esa qolib ketadi. Yangi chiqayotganlarning yo ijodi yo‘q, yoki izlangisi, mehnat qilib yaxshi qo‘shiq chiqargisi kelmaydi. Hammasi to‘y uchun bo‘lib qolyapti. Haqiqiy ijodkor qo‘shig‘ini “aylantirish”i uchun mablag‘ kerak. Qo‘shiqlar yarataversa-yu ammo uni hamma joyda qo‘yolmasa, odamlar ijod qilmay qo‘ydingiz-a, deydi u.

    O‘z vaqtining “shlyager”i bo‘lgan “Sevar edim”, “Xayr, maktabim” kabi qo‘shiqlar yaratishga Ravshan Sobirovga nima xalal beryapti?

    Foto: Instagram

    — Hech nima xalal bermaydi. Avval sanʼatkorlar sanoqli edi. Hozir ko‘p. Ko‘p bo‘lgani yaxshi, albatta, lekin haqiqiy ijod qiladiganlari kam. “Yeydi” deb ashula aytaveradi. Men to‘yga chiqsam ham o‘zimning qo‘shiqlarimni aytaman. Zamonga qarab, sho‘xroq qo‘shiqlarim bilan yoshlarni xursand qilaman. Hozir baribir hamma uyim-joyim deydi. Bo‘ydoqlikda ham uy-joy bor edi, to‘g‘ri. Lekin bo‘ydoqlikda odam faqat ijod qilgisi keladi, deydi xonanda.

    “Mening davrim hali o‘tmadi”

    Foto: Instagram

    — Mening davrim o‘tmadi. Hozir chiqayotgan yoshlarning ham davri bo‘lishi kerak. Yaxshi ijod qilgan ijodkorni har doim eshitishadi. Qo‘shiqlari yashaydi. Hozir hamma har xil musiqa eshitadi. Zamon tezlashib ketgan. Mening yoshligimda sokinroq edi. Hozir sho‘x, yana-da sho‘xrog‘i bormi deyishadi. Gap faqat sanʼatkorda emas, tinglovchiga ham bog‘liq. Kimdir ruscha, kimdir inglizcha, yana boshqa odam boshqacha qo‘shiq eshitadi. Taqiq qo‘yolmaysiz-ku, eshitma deb. Men qo‘shiq yozsam o‘zimning muxlislarim eshitadi. Zamon talabi o‘zgargan — bunga javob yo‘q, deydi ijodkor.

    Bugungi o‘zbek estradasining qahramoni kim?

    Foto: Kollaj “Daryo”

    — Hozir hamma o‘zi uchun qahramon, har kim o‘z yo‘nalishida yulduz. Shuning uchun aynan kimnidir o‘zbek estradasining qahramoni deyolmayman. Lekin aytganimdek, hozir xit bo‘ladigan qo‘shiqlar deyarli yo‘q. Sababi san’atkorlar bitta-ikkita bastakorga bog‘lanib qolishgani. Bastakorlarning ichki dunyosida g‘oyalari, yaxshi idealari bordir. O‘zining ijodini ko‘rsatgisi keladi, o‘z g‘oyalari bilan bo‘lishadi. Lekin qo‘shiqchi kelib, menga to‘ybop, sho‘x yo‘nalishda yozib ber deb talab qiladi-da. Aslida yaxshi qo‘shiq tez yozilmaydi. Har bir yo‘nalishning o‘ziga yarasha xiti bo‘ladi. Men haligacha ijod qilaman, faqat har xil bastakor bilan.

    Mendan keyin chiqqan ijodkorlarda xit bo‘lgan qo‘shiqni hali eshitmadim. Yoshlar orasida Ulug‘bek Rahmatullayev, Munisa Rizayeva, Shohruhxon bor. Men chiqqanimda gitara bilan chiqqanman, oxirigacha gitarada ijod qilaman. Har bir sanʼatkorning o‘zining ijodi bo‘lishi kerak deb o‘ylayman, deydi xonanda.

    Ravshan Sobirov “yulduzlik kasali”ga chalinganmi?

    Ravshan Sobirov o‘zini filmlarda ham sinab ko‘rgan. U filmda o‘z davrida megayulduz bo‘lib, keyinchalik kibrga berilib, havolanib ketadigan inson rolini gavdalantirgan. Aslida bu rolni Ravshan Sobirov hayotiga qanchalik aloqasi bor?

    Foto: Instagram

    — Aktyorlik mahorati demayman-u, lekin ochilmagan qirralarimni ko‘rsatishni xohlaganman. Rejissyor Sanjar ukam shu rolga meni tanladi. Rejissyor ko‘zi bilan qaraganda balki mos kelgandirman. Maqsad sizni yomon qilib ko‘rsatish emas, ammo shuni o‘ynab berishingiz kerak bo‘ladi, deb tushuntirgan. Ammo o‘ziga yarasha qiyin kasb ekan. Suratga olish ishlari tugagach, dublyaj bor. Oson emas ekan. Hayotimga bu rolning aloqasi yo‘q. Hamma ham to‘g‘ri, yaxshi niyatda siz bilan gaplashavermaydi. Kimdir kuladi, kimdir tuhmat qiladi. Hammaga soddalik bilan javob qaytaraverish noto‘g‘ri. Unda odam o‘z-o‘zini hurmat qilmay qo‘yadi. Har xil odam bor, balki kimgadir mening biror tarafim yoqmagan bo‘lsa, shu gapni o‘ylab chiqargandir, deydi san’atkor.

    Xonanda yaqin kunlarda “Xasta” nomli yangi klip ishladi. Unda mahoratli aktrisa Ra’no Shodiyeva va turmush o‘rtog‘i rol ijro etgan. Klip real voqealarga asoslangan bo‘lib, Ra’no Shodiyevaning betoblik davrlari ko‘rsatilgan.

    Ma’lumot uchun, Ravshan Sobirovning Begzod ismli o‘g‘li, Safina va Narmina ismli qizlari bor.

    1 iyul, 11:59   Izoh (0)   4205
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Ravshan Sobirov#Tohir Sodiqov#Husan Sodiqov#“Bolalar” guruhi#shou-biznes#“Setora”

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    Smart Business va UZCARD Farg‘ona tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda 


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 

     

    Tavsiya etamiz

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkentda Milliy gvardiya xodimlari cho‘kayotgan fuqaroni qutqarib qoldi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 13:55

    Maosh ming yevrogacha: o‘zbekistonlik ayollar Slovakiyaga ishga taklif qilinmoqda

    O‘zbekiston | 5 iyul, 12:45

    Toshkent viloyatida 7 yoshli bola onasi va o‘gay otasi tomonidan kaltaklandi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 12:22

    Andijonda xotinini ko‘chada o‘ldirib, qochib ketgan erkak ushlandi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 11:30

    Zelenskiy Tramp Ukrainaga havo hujumidan mudofaa masalasida yordam bermoqchi ekanligini aytdi

    Dunyo | 5 iyul, 10:33

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Fluminense” “Al-Hilol”ni mag‘lub etib, yarim finalga yo‘l oldi

    Sport | 5 iyul, 10:12

    Moskva viloyatidagi Ozarbayjon diasporasi rahbari Rossiya fuqaroligidan mahrum qilindi

    Dunyo | 5 iyul, 09:52

    Samarqandga uzatilgan andijonlik qiz kelinlik xonadonidan o‘lik holda olib kelindi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 09:17
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.