Yangi tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, oilaning farovonlik darajasi bolaning sog‘lig‘i va umr ko‘rish davomiyligiga bevosita ta’sir qiladi.

London Imperial kolleji olimlari kam ta’minlangan oilalarning bolalarida kortizol (stress gormoni) darajasi yuqori ekanini aniqladi — o‘ziga to‘q oilalarning tengdoshlariga qaraganda 23 foizga ko‘proq. Bu ularning hujayralari o‘n yilga tezroq qarishiga olib keladi. Tadqiqot oltita Yevropa mamlakatidan 5 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan 1 160 nafar bolani qamrab oldi.
Farovonlikni baholashda — avtomobil, elektronik jihozlar, yotoqxonalarning mavjudligi hamda xorijiy mamlakatlarda dam olish imkoniyati kabi omillar inobatga olingan holda xalqaro shkaladan foydalanildi. Olimlar ushbu natijalarning muhim ekanini ta’kidlab, bolalarning sog‘lig‘iga e’tiborli bo‘lish kerakligini aytmoqda. Shundagina ularni turli xil kasalliklardan himoya qilish mumkin bo‘ladi.
Izoh (0)