Donald Trampning katta nabirasi Kay o‘zini kassir sifatida sinab ko‘rishga qaror qildi. Qiz Dunkinʼ Donuts qahvaxonasidan video lavha joyladi.

Bloger haydovchilarga buyurtmani berish bo‘limida ishlamoqda. Videoda mijozning “sovuq qahva” so‘rayotgani eshitiladi. Keyin Kay xaridorga ichimlikni uzatadi. “Agar Kay Tramp menga qahva berganida, rostdan ham hayajondan o‘lib qolardim”, deb taʼkidladi izohlovchilardan biri.

Ehtimol, bu bir martalik tadbir edi, chunki Kay endi golf o‘yinini o‘rganayotgan sportchi. Qizning Instagram ijtimoiy tarmog‘ida 1,7 million va TikTokʼda 3,1 million obunachisi bor. U o‘z hayotini ijtimoiy tarmoqlarda faol ravishda ulashmoqda.
Mashhurlarning farzandlari ishlamaydi deb o‘ylaganlar afsuski adashishadi. Yaqinda Megan Markl voyaga yetmagan Lilibet va Archini fermada ishlashga undayotganini aytgan edi.
Izoh (0)