• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12831.13
    • RUB161.07
    • EUR14542.8
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    Oq uydan keyingi hayot: prezidentlik muddatidan so‘ng AQShning sobiq birinchi xonimlari nima bilan shug‘ullanadi?

    Prezident rafiqalariga har qanday davrda ham oson bo‘lmagan. Oq uyda oilasi obro‘sini himoya qilgan holda nafaqat yengil nafas olib, erkin hayot kechirishni boshlagan, balki butun dunyoni o‘zlari haqida tinmay gapirishga majbur qilgan ajoyib ayollar haqidagi maqolani tarjima tariqasida e’tiboringizga havola etamiz.

    Melaniya Tramp

    Birinchi xonim Melaniya Tramp Invictus Games hamda Vashington konferensiya markazining inauguratsiya balida, 2017-yil

    Birinchi xonim Melaniya Tramp Invictus Games hamda Vashington konferensiya markazining inauguratsiya balida, 2017-yil
    Foto: Getty Images

    Birinchi xonimlik davri: 2017—2021

    Sobiq model milliarder turmush o‘rtog‘i Donald Tramp 2016-yilda prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozonganidan keyin AQSh tarixidagi 45-xonim bo‘ldi. Melaniya Tramp bu u uchun quvonchli voqea emasligini hech qachon yashirmagan. Keyingi to‘rt yil u uchun xalqaro nazorat va doimiy stressning nihoyatda qiyin davri bo‘ldi – sariq matbuot Tramp juftligining har bir chiqishini tanqid ostiga olib, ularning nikohidagi muammolarni ko‘rsatishga jon-jahdi bilan harakat qildi. Moda kuzatuvchilari ham bu borada ortda qolmadi: birinchi xonim kiygan liboslarga ko‘pincha istehzo bilan munosabatda bo‘ldi (hatto Melaniya 2018-yilda muhojirlar markaziga “Menga chindan ham farqi yo‘q, sizga-chi?” provokatsion yozuvi tushirilgan kurtka kiyib kelganida tahdid ostida ham qolgan), bundan tashqari, oddiy Amerika fuqarolari ham Oq uyning yangi bekasini yoqtirmadi — 2021-yil yanvar oyida o‘tkazilgan ijtimoiy so‘rovlarga ko‘ra, amerikaliklarning 47 foizi u haqda salbiy fikr bildirgan.

    Melaniya uchun turmush o‘rtog‘ining prezidentlik yillari nimasi bilan yodda qolgan? Ehtimol, u Oq uyda boshlagan keng ko‘lamli ta’mirlash ishlari bilandir. Birinchi xonim tufayli yuvinish xonasi, birinchi qavatdagi marmar pol, bouling ayvonchasi, Atirgul bog‘i va tennis pavilyoni dizayniga o‘zgartirishlar kiritildi. Bundan tashqari, u har yili Rojdestvoda uyni bayramona bezash bilan shug‘ullanardi. Biroq birinchi xonimning dizaynerlik mahorati — Margaret Etvudning “Xizmatkorning ertagi” romanidagi alvon rangli archalardan tortib, Garri Potterdagi dementorlarni yodga soluvchi “oq sharpali o‘rmon”gacha ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining masxara qilishiga sabab bo‘ldi.

    Melaniya Oq uyda

    Melaniya Oq uyda
    Foto: Getty Images

    Shundoq ham Oq uyda o‘zini ortiqcha his qilgan Melaniya bunday munosabatdan juda xafa bo‘lgan. Shubhasiz, o‘zini biroz chalg‘itish va jamiyatga foyda keltirish uchun birinchi xonim xayriya ishiga qo‘l urdi. 2018-yilda u sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ijtimoiy tarmoqlardan to‘g‘ri foydalanish va yoshlar o‘rtasida opioidlarni suiiste’mol qilishga qarshi kurashishga qaratilgan “Eng yaxshisi bo‘l” (Be Best) ijtimoiy dasturini ishga tushirdi. “Bizning avlodning ma’naviy burchi — tashabbus ko‘rsatish va bolalarimizga yordam berish”, degan Melaniya Tramp Atirgul bog‘ida bo‘lib o‘tgan dastur taqdimotida.

    Va nihoyat Donald Tramp 2020-yilgi prezidentlik saylovida Jo Baydenga yutqazganida Melaniya yengil nafas oldi. Endi unga birinchi xonim vazifalaridan ketishga rasman ruxsat berildi, qaysiki, u butun qalbi bilan nafratlanadigan vazifalardan. U yangi prezident kelguniga qadar ham Oq uyda qolishni xohlamadi (70 yillik an’anaga ko‘ra, Amerika prezidentlarining rafiqalari keyingi vorislarini choy bilan kutib oladi va Oq uyni yangi xo‘jayinlariga topshiradi, lekin Melaniya bu an’anani buzdi). Buning o‘rniga Tramp xonim telekameralardan xoli bo‘lgan, allaqachon unutilgan hayotdan bahramand bo‘lish uchun Floridadagi Mar-a-Lago oilaviy qarorgohiga ko‘chib o‘tdi. “U har kuni spa-salonga boradi, tushlik qiladi, yana spa-salonga qaytadi va Donald Tramp bilan ovqatlanadi. Har kuni shu hol takrorlanadi”, — deydi 2021-yilning fevral oyida er-xotinga yaqin bo‘lgan bir manba.

    Melaniya Nyu-Yorkdagi Trump Tower’da hamda juftlikning shtatning yuqori lavozimli amaldorlari sifatidagi oxirgi chiqishi, 2021-yil 20-yanvar

    Melaniya Nyu-Yorkdagi Trump Tower’da hamda juftlikning shtatning yuqori lavozimli amaldorlari sifatidagi oxirgi chiqishi, 2021-yil 20-yanvar
    Foto: Getty Images

    Hozirda uning asosiy vazifasi — bu uning 15 yoshli o‘g‘li Berron, milliarder tadbirkor Bill Koch (Donald Trampning saylovoldi kampaniyasi homiysi) tomonidan asos solingan Vest Palm-Bichdagi Oksbrij akademiyasi maktabiga borishni boshladi. “Melaniya hozirda Berronning ta’lim olishi, darsdan tashqari mashg‘ulotlari va kelajagi bilan to‘liq shug‘ullanmoqda”, — deydi insayderlar.

    Melaniya Trampning eri bilan munosabatlariga kelsak, bu haqda ko‘p narsa ma’lum emas. Bir necha yildirki, kuzatuvchilar ularning yaqinlashib kelayotgan ajralishlarini bashorat qilishmoqda. 2021-yilning yozida Melaniya Tramp erining 75 yoshini nishonlashga kelmaganida ommaviy axborot vositalarida juftlikning kelishmovchiliklari haqidagi yangi mish-mishlar to‘lqini paydo bo‘ldi.

    Mishel Obama

    Mishel Obama birinchi xonim sifatida yoshlar o‘rtasida ijodkorlikni rivojlantirish dasturini taqdim etmoqda, 17-noyabr, 2015-yil hamda AQShning sobiq birinchi xonimi College Signing Day tadbirida, 2017-yil iyun

    Mishel Obama birinchi xonim sifatida yoshlar o‘rtasida ijodkorlikni rivojlantirish dasturini taqdim etmoqda, 17-noyabr, 2015-yil hamda AQShning sobiq birinchi xonimi College Signing Day tadbirida, 2017-yil iyun
    Foto: Getty Images

    Birinchi xonimlik davri: 2009—2017

    Prezidentlik davrining sakkiz yili mobaynida Barak Obamaning rafiqasi ko‘p jihatlar bilan yodda qolishga muvaffaq bo‘ldi: kiyinish uslubining ajoyib evolyutsiyasidan tortib ilhomlantiruvchi ijtimoiy tashabbuslargacha. Agar Melaniya Tramp bugun biror-bir xayriya yoki ijtimoiy tadbirga kelgan bo‘lsa, matbuot 10 ta holatdan 9 tasida: “Bu an’ana Mishel Obama tomonidan kiritilgan”, deb qo‘shimcha qilishi bejiz emas. 44-xonim harbiy oilalar bilan birgalikda bolalarda ko‘p kuzatilayotgan ortiqcha vazn ortishiga qarshi kurashga qaratilgan harakatlarni qo‘llab-quvvatladi. Barak Obamaning prezidentlik muddati tugagach, Mishel Hillari Klinton kabi prezidentlik poygasiga qo‘shildi. Albatta, bunday ish ko‘p vaqt va kuch talab qiladi, boshqa sharoitda Mishel va Barak bir-biriga to‘liq bag‘ishlangan bo‘lardi.

    Vashingtondan Chikagoga ko‘chib o‘tgan Obama jamoatchilik e’tiboridan uzoqroqqa otlangani ajablanarli hol emas: avval Karib dengizidagi xususiy orolga, keyin Fransiya Polineziyasi, Indoneziya va Italiyaga. To‘g‘ri, bu shartli ravishda “uzoq” muddat edi — 28-fevralda sobiq birinchi xonim norasmiy bo‘lsa-da, lekin bundan keyin qilishi mumkin bo‘lgan ishlar bilan shug‘ullanish uchun siyosatga qaytdi. Har bir sobiq prezidentning rafiqasi singari Mishel ham hozir fikr yetakchisi va Amerika koordinata tizimida o‘z vakolatlarini ijtimoiy foydali qadamlarga aylantirishga majburdir. Misol uchun, Obama xonim o‘zining avvalgi yoshlar siyosatini davom ettirgan holda Amerika maktablariga yoshlarning orzulari va intilishlari haqida suhbatlashish uchun tashrif buyuradi.

    Mishel Obama Chikagodagi Obama Foundation tadbirida Chance the Rapper ijrochisi bilan, 2017-yil 1-noyabr

    Mishel Obama Chikagodagi Obama Foundation tadbirida Chance the Rapper ijrochisi bilan, 2017-yil 1-noyabr
    Foto: Getty Images

    Bundan tashqari, Mishel Oq uy bekasi sifatida u tomonidan joriy qilingan an’analarini ham unutmadi. Masalan, so‘nggi bir necha yil mobaynida AQSh 44-prezidentining rafiqasi sifatida Nyu-Yorkda oliy ma’lumot olish zarurligiga bag‘ishlangan College Signing Day’ning faxriy mehmoni bo‘ldi. 2017-yilda amerikalik maktab o‘quvchilarini kollej va universitetlarda tahsil olishga targ‘ib qilish uchun Manxettenga borgan ham yangi birinchi xonim emas, aynan u edi.

    Mishel turmush o‘rtog‘i bilan Obama Foundation Summet’da, 2017-yil 31-oktabr

    Mishel turmush o‘rtog‘i bilan Obama Foundation Summet’da, 2017-yil 31-oktabr
    Foto: Getty Images

    Sobiq birinchi xonim Amerikada hali ham juda mashhur shaxs — ayniqsa, Melaniya Trampning harakatlaridan norozi bo‘lganlar orasida. Mishelning Obama Foundation sammitida so‘zlagan nutqi so‘zma-so‘z iqtiboslarga aylanib ketgan va uning fevral oyi oxirida Indianada bo‘lib o‘tadigan navbatdagi nutqining chiptalar allaqachon sotib bo‘lingan. Ko‘rinib turibdiki, Mishel nafaqaga chiqmoqchi emasga o‘xshaydi.

    Lora Bush

    AQShning sobiq birinchi xonimi Lora Bush YuNESKO shtab-kvartirasida o‘qituvchilar malakasini oshirish dasturlari bo‘yicha davra suhbatida ishtirok etmoqda, 2007-yil 15-yanvar hamda sobiq birinchi xonim Concordia sammitida, 2017-yil 18-sentabr

    AQShning sobiq birinchi xonimi Lora Bush YuNESKO shtab-kvartirasida o‘qituvchilar malakasini oshirish dasturlari bo‘yicha davra suhbatida ishtirok etmoqda, 2007-yil 15-yanvar hamda sobiq birinchi xonim Concordia sammitida, 2017-yil 18-sentabr
    Foto: Getty Images

    Birinchi xonimlik davri: 2001—2009

    Lora Bush Oq uyga ayollar va bolalar huquqlari himoyachisi sifatida kirib keldi va sakkiz yil davomida u mas’uliyat bilan ta’limni rivojlantirish, ayollar salomatligini yaxshilash, butun dunyo bo‘ylab gender tengligini targ‘ib qilish uchun son-sanoqsiz notijoriy dasturlar va fondlarni ishga tushirdi. Aytish kerakki, u bu vazifani yaxshi uddaladi: eri urush boshlaganiga qaramay, Lora qayerga bormasin, xalq nazarida tinchlik va yaxshilik elchisi bo‘lib qoldi. Ajablanarlisi shundaki, 43-xonim Oq uyni rekord darajadagi yuqori reyting bilan tark etdi.

    Jorj va Lora Bush Donald Trampning inauguratsiyasida, 2017-yil 20-yanvar

    Jorj va Lora Bush Donald Trampning inauguratsiyasida, 2017-yil 20-yanvar
    Foto: Getty Images

    Aslida, jamoatchilikning unga shu qadar moyilligi 2000-yillarda boshlagan barcha tashabbuslarini muvaffaqiyatli davom ettirishga imkon berdi. U va turmush o‘rtog‘i haligacha Amerika bo‘ylab faxriylarni qo‘llab-quvvatlash uchun kutubxonalar, ta’lim fondlari va kampaniyalarini tashkil qiladi, ommaviy axborot vositalariga intervyu berishni kanda qilmaydi.

    Qizig‘i shundaki, Oq uydagi vakolatidan keyin ham u birinchi xonim sifatidagi vazifalaridan voz kechmagan ... hatto Barak Obama ma’muriyati davrida ham.

    Lora Bush urush faxriylari o‘rtasidagi ishsizlikni bartaraf etishga bag‘ishlangan tadbirda, 2015-yil 15-sentabr

    Lora Bush urush faxriylari o‘rtasidagi ishsizlikni bartaraf etishga bag‘ishlangan tadbirda, 2015-yil 15-sentabr
    Foto: Getty Images

    Lora Bush va Mishel Obama — turli siyosiy partiyalarga mansub bo‘lishlariga qaramay, bir-birlari bilan darhol til topishgan. Lora prezidentlik kampaniyasi paytida Barak Obama rafiqasini omma oldida qo‘llab-quvvatlab, demokratlar g‘alaba qozonganidan so‘ng, u uchun Oq uy bo‘ylab shaxsan o‘zi ekskursiya uyushtirgan. Saylovdan bir yil o‘tgach, Lora Mishelni mehnatsevarligi va, albatta, prezident saroyini juda qulay jihozlagani uchun ham maqtagan.

    Lora va Mishel ko‘p hollarda bir-biri bilan muloqot qilib turadi. 2010-yil 11-sentabrda sobiq birinchi xonim Oq uyning yangi bekasi bilan birga 2001-yilgi terakt qurbonlari xotirasi uchun nutq so‘zlashga taklif qilindi va 2013-yilda ular Afrikadagi sammitga ham birga borishdi. 2015-yilda Mishel va Lora shaharni ko‘kalamzorlashtirish kampaniyasiga boshchilik qildi, bu esa yana bir bor ommaviy axborot vositalarining zavqini keltirdi. Bundan ko‘rinib turibdiki, birinchi xonim bo‘lishdan shunchaki voz kechish oson ish emas.

    Hillari Klinton

    Bill va Hillari Klinton davlat ziyofatidan oldin, 1999-yil 8-aprel hamda sobiq birinchi xonim AQSh davlat kotibi maqomida, 2010-yil 30-sentabr

    Bill va Hillari Klinton davlat ziyofatidan oldin, 1999-yil 8-aprel hamda sobiq birinchi xonim AQSh davlat kotibi maqomida, 2010-yil 30-sentabr
    Foto: Getty Images

    Birinchi xonimlik davri: 1993—2001

    Oxirgi saylov poygasini yodga oladigan bo‘lsak, bu xonim haqida hamma narsa aytilganga o‘xshaydi. Qo‘shma Shtatlardagi eng faol siyosiy ayollardan biri bo‘lgan Hillari Klinton avval o‘n ikki yil Arkanzasning birinchi xonimi, keyin yana sakkiz yil Oq uy bekasi bo‘lgan. Bu vaqt mobaynida u bir nechta ommaviy kampaniya o‘tkazdi, ular orasida siyosiy jihatdan muvaffaqiyatli va omadsizlari ham bo‘ldi. Biroq lavozimdagi muvaffaqiyatsizliklar uning Oq uydagi eng nufuzli ayol unvonini saqlab qolishiga to‘sqinlik qilmadi.

    Erining prezidentligi davrida Hillari ko‘p narsani o‘rgandi (Monika Levinskiy bilan janjalining o‘zi ko‘p narsaga arziydi), shu jumladan, siyosatni ham. Birinchi xonim Lora Bushga yo‘l berishdan oldin Klinton kelajakdagi karyerasini oldindan o‘ylagan holda Nyu-York shtatidan Senatga muvaffaqiyatli saylandi. Bu uning kelajakdagi siyosiy yo‘li uchun yaxshi tramplin bo‘ldi: 2008-yilda u birinchi prezidentlik saylovida qatnashdi, lekin u yangi kelgan Obamaga yon berdi, keyinroq — o‘sha Obama taklif qilgan davlat kotibining obro‘li mavqeyiga ega bo‘ldi. 2016-yilda Hillari deyarli butun Amerika shou-biznesi va matbuotini mohirlik bilan o‘z tomoniga og‘dirib, yana omadini sinab ko‘rdi. Ammo demokratiya yo‘llarini oldindan bilib bo‘larmidi: hamma uchun kutilmaganda Donald Tramp saylovda g‘olib chiqdi.

    Hillari Klinton Nyu-York shtati senatori va AQShning yangi birinchi xonimi Lora Bush bilan, 2002-yil

    Hillari Klinton Nyu-York shtati senatori va AQShning yangi birinchi xonimi Lora Bush bilan, 2002-yil
    Foto: Getty Images

    Bu yil Hillari Klinton o‘zining 72 yoshini nishonlaydi, balki u endi prezidentlik poygasida qatnashmas. Shunga qaramay, AQShning sobiq birinchi xonimi siyosatda faol ishtirok etishda davom etmoqda va doimo Trampga qarshi chiqadi, vaqti-vaqti bilan rus xakerlari bilan janjallarning yangi tafsilotlari bilan kurashadi, shuningdek, 2016-yilgi kampaniyaga bag‘ishlangan “Aslida nima bo‘lgandi?” nomli memuar kitobidan gonorar oladi.

    Barbara Bush

    AQShning birinchi xonimi Barbara Bush, 1992-yil 11-dekabr hamda Oq uyning sobiq birinchi xonimi Bill Klintonning inauguratsiyasida, 1993-yil 20-yanvar

    AQShning birinchi xonimi Barbara Bush, 1992-yil 11-dekabr hamda Oq uyning sobiq birinchi xonimi Bill Klintonning inauguratsiyasida, 1993-yil 20-yanvar
    Foto: Getty Images

    Birinchi xonimlik davri: 1989—1993

    Turmush o‘rtog‘i prezident etib saylangach, uning siyosiy faoliyati qariyb chorak asr davom etdi. Bu vaqt ichida Barbara Bush ham kongressmenning, ham diplomatning rafiqasi, ham AQShning ikkinchi xonimi (vitse-prezident rafiqasi) bo‘lishga muvaffaq bo‘ldi. Keyinchalik esa umrining yana to‘rt yilini erining siyosiy ambitsiyalariga bag‘ishlash uchun Oq uyga rasman ko‘chib o‘tdi.

    Bunday sharoitdan so‘ng oddiy amerikalik fuqaroning hayotiga qaytish oson emas: 1993-yil yanvar oyida Oq uyni Klintonlarga topshirib, er-xotin Bush o‘z ona shahri — Texasga qaytib kelishdi, u yerda Barbara o‘zi uchun dahshatli haqiqatni tushunib yetdi: u ovqat tayyorlash va mashina haydashni butunlay unutib qo‘ygandi (bu masalada eri mahalliy aholiga hazillashib, agar ayolining mashinasini to‘satdan payqab qolsalar, uzoqroqqa qochishni maslahat bergan).

    Barbara Bush Oq uyda hayot yo‘li haqidagi yangi kitobini taqdim etmoqda, 2003-yil 10-noyabr

    Barbara Bush Oq uyda hayot yo‘li haqidagi yangi kitobini taqdim etmoqda, 2003-yil 10-noyabr
    Foto: Getty Images

    Qisqasi, Barbara asta-sekinlik bilan avvalgi hayotiga qaytishga harakat qildi. Ammo ko‘p o‘tmay o‘g‘li kichik Jorj Bush siyosatga birinchi qadamlarini qo‘ya boshladi, prezident bo‘lganida esa keksa onasi o‘g‘lini ko‘plab siyosiy hujumlardan himoya qilish uchun milliy telekanallarda namoyon bo‘lishga majbur bo‘ldi. Barbara Bush birinchi xonimdan asta-sekin birinchi ona maqomiga o‘tdi, bu narsalar uni toliqtirgan deb bo‘lmaydi, chunki Oq uyda o‘zini tutib olishni puxta egallagandi.

    Sog‘lig‘i bilan bog‘liq jiddiy muammolarga qaramay, Bush xonim vaqti-vaqti bilan tantanali tadbirlarda qatnashishda va xayriya jamg‘armalariga homiylik qilishda davom etdi, natijada uning ahvoli keskin yomonlashdi. Barbara 2018-yilning 17-aprelida 92 yoshida amerikaliklarning sevimli xonimi sifatida olamdan o‘tdi, vafoti munosabati bilan amaldagi prezident Donald Tramp hamda AQShning deyarli barcha sobiq rahbarlari ta’ziya izhor qilishdi.

    Nensi Reygan

    AQShning birinchi xonimi Nensi Reygan York gersogi va Sara Fergyusonning to‘yida, 1986-yil 2-iyul hamda Nensi Reygan 2000-yilda

    AQShning birinchi xonimi Nensi Reygan York gersogi va Sara Fergyusonning to‘yida, 1986-yil 2-iyul hamda Nensi Reygan 2000-yilda
    Foto: Getty Images

    Birinchi xonimlik davri: 1981—1989

    Kaliforniya “qirolichasi” va Amerikaning “qimmatli” birinchi xonimlaridan biri uchun Oq uy devorlaridan tashqarida yashash prezidentning rafiqasi maqomiga qaraganda ancha qiyinroq bo‘lgan. Reyganlarning hayoti yigirma yildan ortiq siyosiy matbuot sahifalarida yoritilgan, ammo Ronald prezidentligidan keyin ham uning oilasi Amerika nashriyotlarining millionlab nusxalarini yangi xabarlar bilan ta’minlab turdi. Gap shundaki, Nensi har qanday sobiq birinchi xonim singari o‘z nomidagi fondlarga (u giyohvand moddalar savdosiga qarshi kurashgan) homiylik qilishni davom ettirdi va memuar asarlar nashr etdi.

    Dizaynerlik liboslari, qimmatbaho zargarlik buyumlari, bebaho sovg‘alar — Nensi erining prezidentligi davrida ega bo‘lgan hamma narsa Vashingtondan ko‘chib o‘tganidan keyin o‘zini eslatmay qo‘ymadi. Bir necha oy o‘tgach, AQSh Ichki daromad xizmati sobiq prezident juftligiga qarshi tergov boshladi, ular soliqlarni yashirish va pullarni o‘zlashtirishda ayblandi. Natijada departament umumiy qiymati, taxminan, 3 million dollar bo‘lgan buyumlarni soliq o‘rnida musodara qildi. Biroq 1989-yil oxirida boyligi 10 milliondan ortiq bo‘lgan Reyganlar barchasi uchun javob berishiga to‘g‘ri keldi.

    Juftlik Spirit of America mukofotining taqdirlash marosimida, 1990-yil 13-dekabr

    Juftlik Spirit of America mukofotining taqdirlash marosimida, 1990-yil 13-dekabr
    Foto: Getty Images

    Ammo Nensiga atalgan taqdir sinovlari shu bilan tugamadi. Besh yil o‘tgach, uning sevimli turmush o‘rtog‘iga Alsgeymer kasalligi tashxisi qo‘yildi. Shundan keyin Nensi o‘zini butunlay eriga g‘amxo‘rlik qilishga, shuningdek, ushbu kasallikka jamoatchilik e’tiborini jalb qilishga bag‘ishladi. Erining o‘limidan keyin esa u ildiz hujayralarini tadqiq qilishga katta mablag‘ ajratdi.

    Nensi umrining oxirigacha marhum erining faol vakili bo‘lib qoldi: u mamlakat bo‘ylab sayohat qildi, tadqiqot markazlari va kutubxonalar ochdi, rasmiy tadbirlarda nutq so‘zladi. U 2016-yilda — 94 yoshida vafot etgach, sevimli turmush o‘rtog‘i Ronni yoniga dafn qilindi.

    Rozalin Karter

    Birinchi xonim Rozalin Karter portreti, 1977-yil 18-fevral hamda o‘zining avtobiografik asari taqdimotida, 1984-yil

    Birinchi xonim Rozalin Karter portreti, 1977-yil 18-fevral hamda o‘zining avtobiografik asari taqdimotida, 1984-yil
    Foto: Getty Images

    Birinchi xonimlik davri: 1977—1981

    Rozalin Karter erining siyosiy faoliyatiga shunchalik sho‘ng‘ib ketganidan hatto uning alohida idorasi ham bo‘lgan. 1981-yilgi saylovlardagi mag‘lubiyati unga haqiqiy zarba bo‘ldi. Tarixda Oq uyni tark etishni istamagan bunday birinchi xonim bo‘lmagandir. Ammo Ronald Reyganning g‘alabasini endi bekor qilib bo‘lmasdi.

    Biroq Nensi misli ko‘rilmagan xayrixohligi bilan Rozalinning ko‘nglini topdi — Reyganning rafiqasi ham prezident Karterning rafiqasi kabi gender tengligini himoya qildi. Rozalin va uning turmush o‘rtog‘i Jorjiyaga ko‘chib o‘tgandan so‘ng, siyosiy hayotda faol ishtirok etishdi: ular ruhiy kasalliklarni o‘rganish va davolash markazlarini ochishdi, diplomatik vakolatxonalar bilan Yaqin Sharqqa sayohat qilishdi, radio va televideniyeda tez-tez namoyon bo‘lishdi. Rozalinning o‘zi ayollar va bolalar huquqlarini himoya qilish tashabbuslarini ilgari surish uchun o‘zidan oldingi sobiq birinchi xonimlar bilan tez-tez aloqada bo‘ldi. 2007-yilda esa u ruhiy kasalligi bo‘lgan odamlarni sug‘urta qilish to‘g‘risidagi qonun loyihasini Kongressga taqdim etishga erishdi.

    Rozalin Karter tashabbusi bilan sobiq birinchi xonimlar va ularning qarindoshlari uchrashuvi, 1984-yil. Chapdan o‘ngga: Eleanor Ruzvelt Sigraves (Eleanor Ruzveltning nabirasi), Rozalin Karter, Betti Ford, Lyusi Beyns Jonson va Linda Bird Jonson Rob (prezident Jonsonning qizi), Syuzan Ford (prezident Fordning qizi)

    Rozalin Karter tashabbusi bilan sobiq birinchi xonimlar va ularning qarindoshlari uchrashuvi, 1984-yil. Chapdan o‘ngga: Eleanor Ruzvelt Sigraves (Eleanor Ruzveltning nabirasi), Rozalin Karter, Betti Ford, Lyusi Beyns Jonson va Linda Bird Jonson Rob (prezident Jonsonning qizi), Syuzan Ford (prezident Fordning qizi)
    Foto: Getty Images

    Rozalin Karter 2020-yilda 93 yoshga to‘ldi va hali ham siyosiy ishlarda faol. Misol uchun, uch yarim yil oldin u Kaliforniyada o‘lim jazosini bekor qilish tashabbusini qo‘llab-quvvatlab chiqdi, shuningdek, avvalgi saylovlarda Berni Sandersning Hillari Klintonga qarshi g‘alabasi uchun kurashdi. Bu ishlar, albatta, Rozalinning har qanday sobiq birinchi xonim uchun standart qoida bo‘lgan xayriya tadbirlarini hisobga olmagandagi faoliyati jumlasidan.

    Jaklin Kennedi

    Jaklin Kennedi, shtatlarning birinchi xonimi, 1961-yil 1-may hamda sobiq birinchi xonim Jaklin Onassis Londonda, 1970-yil

    Jaklin Kennedi, shtatlarning birinchi xonimi, 1961-yil 1-may hamda sobiq birinchi xonim Jaklin Onassis Londonda, 1970-yil
    Foto: Getty Images

    Birinchi xonimlik davri: 1961—1963

    Oq uyning mashhur sevimli xonimi Jaklin Kennedining hayoti fojiali tarzda yakunlandi: erining omma oldida o‘ldirilishi, og‘ir dafn marosimi va, albatta, uning prezidentlik saroyidan deyarli ochiqchasiga jirkanishi bilan. Oq uydan ko‘chib ketgach, Jaklin haydovchisiga uni bir vaqtlar sevimli joyidan o‘tadigan yo‘nalishlarga olib bormaslikni ataylab buyurgani ham bejiz emas. Qayg‘uga botgan sobiq birinchi xonim deyarli bir yil motam tutdi, faqat vaqti-vaqti bilan erining xotirasiga hurmat bajo keltirish uchungina omma oldida ko‘rinish berdi. Ammo mamlakat oldidagi mas’uliyat asta-sekin bunday qayg‘uga bardosh berishga o‘rgatdi: Vyetnam urushi avjida Jeki hatto diplomatik missiya bilan Kambojaga jo‘nadi va buning uchun u “AQShning alohida topshiriqlar bo‘yicha elchisi” norasmiy unvonini oldi.

    Jaklin Kennedi farzandlari (va shahzoda Filipp) bilan Jon Kennedi xotirasiga bag‘ishlangan Londondagi marosimda, 1965-yil may.

    Jaklin Kennedi farzandlari (va shahzoda Filipp) bilan Jon Kennedi xotirasiga bag‘ishlangan Londondagi marosimda, 1965-yil may.
    Foto: Getty Images

    U haqdagi qolgan ma’lumotlarni esa ko‘plab filmlar, kitoblar va afsonalardan bilib olish mumkin. Xavfsiz va tanho hayot izlab Jeki grek magnati va Monako knyazlari oilasining yaqin do‘sti Aristotel Onassisga turmushga chiqdi, baxtga qarshi bu umr yo‘ldoshi ham juda erta vafot etdi. 46 yoshli go‘zal Jaklin ikkinchi marta beva qoldi. Albatta, ikkita yuqori darajadagi nikoh Jekiga paparatssilar orasida misli ko‘rilmagan mashhurlik keltirdi — keyinchalik faqat malika Dianagina bunday jurnalistik ta’qiblarga duch kelgandi. Sariq matbuot vakillari kuniga 24 soat yangi suratlar ilinjida Jaklinning ketidan qolishmadi — hatto sobiq birinchi xonimni oddiy hayot kechirish uchun ro‘yxatdan o‘tgan nashriyotlardan biriga muharrir bo‘lib ishga kirishi ham bundan qutqara olmadi. Ammo endi jamoatchilik e’tiboridan qochib bo‘lmasdi. Jaklin rad eta olmaydigan yagona narsa bu — Qo‘shma Shtatlar yodgorliklari va me’moriy merosini himoya qilish edi. Jaklin birinchi xonim sifatida shunday qildi ham, vafotiga qadar, ya’ni 1994-yilgacha shu ish bilan shug‘ullandi.

    Eleanora Ruzvelt

    AQShning birinchi xonimi Eleanora Ruzvelt, 1945-yil hamda Demokratik partiyaning 1960-yilgi Milliy qurultoyida sobiq birinchi xonim

    AQShning birinchi xonimi Eleanora Ruzvelt, 1945-yil hamda Demokratik partiyaning 1960-yilgi Milliy qurultoyida sobiq birinchi xonim
    Foto: Getty Images

    Birinchi xonimlik davri: 1933—1945

    O‘z qarorlarida faol va jasoratli, aynan shu xonim birinchi xonim institutini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tara oldi. Aynan uning sharofati bilan hozirda har bir prezident turmush o‘rtog‘ini shu qadar yaqindan kuzatib boryapmiz.

    Eleanora Ruzvelt ham Jaklin Kennedi singari Oq uyni beva sifatida tark etdi: turmush o‘rtog‘i 1945-yil 12-aprelda — Ikkinchi jahon urushi tugashiga bir oy qolganda vafot etdi. Eleonora hatto Franklin Ruzvelt hayotlik davrida ham konservativ tuzumni g‘azablantirgan turli siyosiy tashabbuslarni gapirib, hech qachon tinch o‘tirmagan. So‘nggi oylarda uning asosiy tashvishi BMTni tashkil qilish edi, shuning uchun erining vafotidan keyin ham bu ishdan voz kechmadi.

    Eleanora Ruzvelt erishgan yutuqlari uchun taqdirlanmoqda, 1945-yil oxiri

    Eleanora Ruzvelt erishgan yutuqlari uchun taqdirlanmoqda, 1945-yil oxiri
    Foto: Getty Images

    Yaxshiyamki, yangi prezident Trumen sobiq birinchi xonimning faol harakatini yuqori baholadi. Eleonora nafaqat tashkilotning birinchi safida turdi, balki AQShning Bosh assambleyadagi birinchi delegati bo‘ldi. Keyinchalik sobiq birinchi xonim Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasini ishlab chiqishda bevosita ishtirok etdi, shuningdek, feminizm g‘oyalarini ilgari surdi. Ikkinchisi unga prezident Kennedi ma’muriyatiga kirishiga yashil chiroq bo‘lib yo‘l ochdi – Eleonora prezidentning ayollar maqomi bo‘yicha qo‘mitasi raisi bo‘ldi. Bir so‘z bilan aytganda, Qo‘shma Shtatlarning birinchi xonimi urushdan keyingi insoniyat tarixidagi deyarli barcha muhim voqealarga bevosita munosabat bildira olgan. Prezident Trumenning uni tez-tez “Dunyoning birinchi xonimi” deb atagani ham bejiz emas.

    Mavzuga doir: 

    • Birinchi xonimlar amal qilishi shart bo‘lgan etiketlar: prezidentlarning rafiqalariga nima qilish mumkin-u, nimalar mumkin emas (foto va video)
    • Afsonani xotirlab: “Temir xonim” — Margaret Tetcher kiyinish uslubida nimalarga e’tibor bergan? (foto)
    • Zamonamiz Zolushkasi: Bir vaqtlar Apple kompaniyasiga ishga olinmagan Iordaniya malikasi Raniya al-Abdulla hikoyasi
    • Qatar ayollariga huquqlarini qaytarib bergan birinchi xonim — shayx Moza hikoyasi
    • “Temir xonimlar”: Siyosiy karyerasini oiladan ustun qo‘ygan mashhur ayollar (foto)

    29.10.2021, 14:54   Izoh (0)   24640
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Sardor Rahimxon klipi orqali tanilgan, Rafet El Romanning nazariga tushgan Faridam: Xonanda hozir qayerda va nega san’at yo‘lidan ketishni istamadi? (foto)

    29.10.2021, 12:21

    Uy emas, muzey: Rossiyalik xonanda Timatining Moskvadagi ikki qavatli kvartirasiga sayohat (foto)

    29.10.2021, 11:13

    Putin, Aliyev, Tramp va dunyodagi boshqa davlat rahbarlarining qizlari qanday sohada faoliyat yuritadi?

    29.10.2021, 09:20

    Turk kinosining eng mashhur aktrisalari va ular ishtirokidagi muvaffaqiyatli loyihalar (foto)

    28.10.2021, 20:57

    “Unchalik boy emasman”. 900 million dollar daromad keltirgan “Kalmar o‘yini” rejissoriga qancha pul to‘langan?

    28.10.2021, 18:55

    Keng oshxona va shinam mehmonxona: Xonanda Adelning uyiga sayohat (foto)

    28.10.2021, 11:24
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    Tarmoqda bolalar xavfsizligi : Octobankdan maslahatlar


    Eng chuqur g‘or, eng baland ko‘prik va eng sirli maskan – Namanganga boramiz


    Kapitalbank xodimlarining raqamli ko‘nikmalarini rivojlantirmoqda 


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    Ilg‘or qurilish texnologiyalari asosida qad rostlayotgan Quyi Chotqol GES


    Oqtepa Lavashdan “Kulgili narxlar”: sevimli taomlar — har bir pozitsiya 10 mingdan 20 ming so‘mgacha bo‘lgan maxsus narxlarda


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida qon kasalliklarini zamonaviy davolash usullari: leykoz va boshqa kasalliklar


    Jamg‘armalar bilan qanday ishlash zarur: bank omonatlari, aksiyalar yoki investitsion paketlar? (davomi)


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi

     

    Tavsiya etamiz

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Fransiyada 299 nafar bolani zo‘rlagan jarroh 20 yilga qamaldi

    Dunyo | 29 may, 13:35

    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul!

    Reklama | 29 may, 13:30

    “Sun’iy intellektdan umumbashariyat manfaatlari yo‘lida oqilona va samarali foydalanish zarur” — Shavkat Mirziyoyev

    O‘zbekiston | 29 may, 13:05

    U-23 Osiyo Kubogi saralashiga qur’a tashlandi. O‘zbekiston E guruhidan joy oldi

    Sport | 29 may, 13:00

    Samarqandda Italiya bosh vazirini rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi (foto)

    O‘zbekiston | 29 may, 12:48

    Isroil va BMT G‘azoga yordam masalasida ziddiyatga bordi

    Dunyo | 29 may, 12:33

    Sankt Peterburgda migrantlarga kuryer va taksi haydovchisi sifatida ishlash taqiqlanadi

    Dunyo | 29 may, 12:21

    Bir nechta mashhur filmlarda unumli foydalanilgan kostyum va aksessuarlar

    Madaniyat | 29 may, 12:13
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.