Daryo

Ukrainalik bolalar dam olish va reabilitatsiya uchun Toshkentga keldi (foto)

Ular uchun 12 kunlik maxsus dam olish va psixologik tiklanish dasturi tashkil etilgan

1 daqiqa o‘qish8 510 ko‘rishlar0 izoh0

O‘zbekiston tomonining ko‘magi bilan bir guruh ukrainalik bolalar dam olish va reabilitatsiya uchun Toshkentga keldi. Bu haqda Ukrainaning O‘zbekistondagi elchixonasi xabar berdi.

Foto: Ukrainaning O‘zbekistondagi elchixonasi

Bolalar uchun 12 kunlik maxsus dam olish va psixologik tiklanish dasturi tashkil etilgan. Ular Ukrainaning jangovar harakatlardan aziyat chekayotgan turli viloyatlaridan, xususan, Xarkov, Xerson, Nikolayev, Zaporojye, Sumi, Xmelnitskiy, Lvov va Kiyev shaharlaridan tashrif buyurgan.

Gumanitar missiya Ukraina elchixonasining murojaatiga javoban O‘zbekiston tomonining taklifi va to‘liq ko‘magi bilan tashkil etilgan. U ruhiy muvozanatni tiklashga, har kungi havo hujumlari va raketa zarbalaridan chalg‘ib dam olishga qaratilgan.

Foto: Ukrainaning O‘zbekistondagi elchixonasi
Bolalar va ularning kuzatuvchilari Toshkent xalqaro aeroportida tantanali ravishda kutib olindi, shundan so‘ng ular Tyan-Shan tog‘lari etagidagi go‘zal vodiyga yo‘l oldi. Oromgohdagi kechki qabul samimiy va iliq ruhda tashkil etildi, deyiladi elchixona xabarida.

Tashrif dasturini amalga oshirishda O‘zbekistonning deyarli barcha tegishli vazirlik va idoralari ishtirok etmoqda. Har kuni bolalarni “Milliy qadriyatlar kuni”dan tortib, “Sport va salomatlik kuni”gacha bo‘lgan mavzuli tadbirlar, ijodiy tanlovlar va ekskursiyalar kutmoqda.

Foto: Ukrainaning O‘zbekistondagi elchixonasi
Bunday kompleks yondashuv O‘zbekiston tomonining ushbu murakkab davrda ukrainalik bolalarga har tomonlama yordam va ko‘mak ko‘rsatishdan chuqur manfaatdor ekanini yaqqol ko‘rsatadi, deydi Ukraina elchixonasi.
Foto: Ukrainaning O‘zbekistondagi elchixonasi
Foto: Ukrainaning O‘zbekistondagi elchixonasi
Foto: Ukrainaning O‘zbekistondagi elchixonasi

Ma’lumot o‘rnida, 2023-yilda ham O‘zbekistonga Ukrainadan dam olish va reabilitatsiya uchun 45 bola hamda besh nafar hamrohlik qiluvchi guruh kelgandi. O‘shanda ular 12 kun davomida “Anor” tog‘ oromgohida dam olgandi. Bundan tashqari, O‘zbekiston ukrainalik bolalarga insonparvarlik yordamini, shuningdek, Ukrainaga gumanitar yordam yuborgandi. 

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar