Daryo

O‘zbekiston fuqarolari Ukrainadagi mehnat migrantlari orasida yetakchilardan bo‘lgan — “UNIAN”

2024-yilda ishlash uchun ruxsatnoma olganlarning 700 ga yaqini o‘zbekistonlik bo‘lgan. Migrantlar soni bo‘yicha 2025-yilgi ma’lumotlar hali e’lon qilinmagan. Ukrainada mehnat migrantlariga ehtiyoj ortmoqda.

1 daqiqa o‘qish3 871 ko‘rishlar0 izoh1

Ukrainada ishlash uchun 2024-yilda ruxsatnoma olgan migrantlarning 700 ga yaqini O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan. Bu haqda Migratsiya siyosati idorasi rahbari Vasiliy Voskoboynik “UNIAN” agentligi bilan suhbatda ma’lum qildi.

Ukrainada urush kechayotgani tufayli mehnat migrantlarini jalb qilishga bo‘lgan ehtiyoj kuchaymoqda. Biroq mamlakatda ishlashni xohlovchilar soni kamayib bormoqda.

Urush davrida berilgan ruxsatnomalar soni sezilarli darajada kamaydi. 2024-yilda 6 mingga yaqin ruxsatnoma berilgan. 2025-yildagi raqamlarni hali ko‘rmadim, ammo menimcha, butun mamlakat bo‘yicha 8–9 ming atrofida ruxsatnoma berilgan bo‘lishi mumkin, dedi ekspert.

U urushdan oldin, 2021-yilda Ukrainaga ishga joylashish uchun 24 mingta ruxsatnoma berilgan yoki uzaytirilganini aytdi.

Qizig‘i shundaki, butun mamlakat bo‘yicha Bangladesh va Pokistondan atigi bir necha yuz kishi mehnat qilish uchun ruxsatnoma olgan. Eng ko‘p ruxsatnoma olganlar esa Turkiya, O‘zbekiston va Ozarbayjon fuqarolari bo‘lgan, dedi Vasiliy Voskoboynik.

Uning ta’kidlashicha, 2024-yilda eng ko‘p ruxsatnomalarni Turkiya fuqarolari (1 mingga yaqin) olgan. Keyingi o‘rinlarda O‘zbekiston (700 ga yaqin), Hindiston (500), Ozarbayjon (400), Xitoy (350), Bangladesh (319), Pokiston (205) va Nepal (146 ta) turadi. 2025-yil kuzida BMTning Xalqaro mehnat tashkiloti vakili Ukrainaga jami 8,6-8,7 million ishchi kuchi kerak bo‘lishini aytgandi.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar