Daryo

Tramp AQSH—Rossiya—Ukraina uch tomonlama sammitini o‘tkazish imkoniyatini e’tirof etdi

Tramp Alyaskada Putin bilan uchrashuvi juda samarali o‘tganini, shuningdek, Zelenskiy va bir qator Yevropa rahbarlari, jumladan, NATO bosh kotibi Mark Ryutter bilan telefon suhbati ham juda yaxshi kechganini ta’kidlagan

1 daqiqa o‘qish7 226 ko‘rishlar0 izoh0

AQSH prezidenti Donald Tramp Amerika Qo‘shma Shtatlari, Rossiya va Ukraina rahbarlari ishtirokidagi uch tomonlama uchrashuv o‘tkazish ehtimoli borligini tan oldi. Bu haqda u o‘zining Truth Social ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida yozdi.

Foto: Getty Images
“Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy dushanba kuni tushdan keyin Vashingtonga, Oval kabinetga tashrif buyuradi. Agar hammasi yaxshi o‘tsa, keyin biz Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan ham uchrashuv uyushtiramiz. Ehtimol, bu millionlab odamlarning hayotini saqlab qolishga yordam berar. Bu masalaga e’tibor qaratganingiz uchun tashakkur!”, deya yozdi Oq uy rahbari.

Tramp Alyaskada Putin bilan uchrashuvi juda samarali o‘tganini, shuningdek Zelenskiy va bir qator Yevropa rahbarlari, jumladan, NATO bosh kotibi Mark Ryutter bilan telefon suhbati ham juda yaxshi kechganini ta’kidlagan.

“Barcha ishtirokchilar Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi dahshatli urushga chek qo‘yishning eng samarali usuli - bu ko‘pincha buzilayotgan oddiy to‘xtatish bitimi emas, balki to‘g‘ridan-to‘g‘ri urushni yakunlaydigan tinchlik shartnomasini imzolash, degan xulosaga kelishdi”, deya qo‘shimcha qildi AQSH prezidenti.

15-avgust kuni Ankorijdagi Elmendorf-Richardson harbiy bazasida Tramp va Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvning asosiy mavzusi Rossiya—Ukraina mojarosini tugatish masalasi bo‘ldi. Vazirlar ishtirokidagi “uch-uchga” formatidagi uchrashuv 2 soat 45 daqiqa davom etdi.

Amerika prezidenti sammitdan so‘ng Ukrainadagi mojaroni hal qilish masalasi endi Zelenskiyning qo‘lida ekanini aytdi. Tramp hozircha Ukraina bo‘yicha hech qanday kelishuv yo‘qligini ta’kidladi.

Andijondanman. Oʻzbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti hamda Xalqaro Nordik universitetini (magistr) tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri muxbir boʻlib ishlayman va maxsus materiallar, tenderlar, sud hukmlari, tarjimalar bilan shugʻullanaman. 2025-yilda “Oltin qalam” milliy mukofotini olganman. Tarixiy film va seriallarni koʻrishni xush koʻraman. Eng sevimli asarim Togʻay Murodning “Otamdan qolgan dalalar” kitobidir.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar