AQSH prezidenti Donald Tramp yana bir bor Rossiyani Ukraina mojarosini yakunlashni istamayotganlikda aybladi. U bu haqda Oq uyda jurnalistlar bilan suhbatda ma’lum qildi, deya xabar bermoqda Fox telekanali.
3-noyabr kuni Tramp Putinning Ukraina mojarosini tugatishga tayyor emasligiga ishonch hosil qilishi uchun “so‘nggi tomchi”ni ko‘rmayotganini aytdi.“Asosiy tortishuv shundaki, ular hozircha to‘xtashni istamayaptilar”, - dedi Amerika rahbari Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘rtasidagi yangi uchrashuv nima sababdan haligacha o‘tmaganiga oid savolga javob berarkan.
Oktyabr oyida AQSH prezidenti Rossiya bilan urushda Ukrainaning g‘alaba qozonishiga ishonmasligini, biroq bu nazariy jihatdan mumkinligini aytgandi.
14-oktyabr kuni Oq uy rahbari Rossiya prezidentining mojaroni to‘xtatishni xohlamasligi haqida gapirgan edi.








