Agar NATO Rossiya chegaralariga yaqinlashmaganida, Ukrainadagi mojaroning oldini olish mumkin bo‘lardi. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin “Valday” xalqaro munozara klubining yig‘ilishida bildirdi.
U Rossiya ikki marta NATOga a’zo bo‘lishga tayyorligini bildirganini va har ikki safar ham rad javobini olganini eslatgan.
Putin Rossiya-Ukraina urushi uchun mas’uliyatni Yevropaga yuklagan.“Agar Tramp hokimiyatda bo‘lganida, Ukrainadagi urushning oldini olish mumkin edi”, deya ta’kidlagan Rossiya rahbari, Trampning fikrlarini takrorlab.
Kreml rahbari Rossiya Federatsiyasi Yevropaning tobora kuchayib borayotgan harbiylashtirish jarayonini diqqat bilan kuzatayotganini qo‘shimcha qilib, bunga tezkor munosabat bildirish bilan ogohlantirgan.“Hozircha, afsuski, Ukrainadagi janglarni to‘xtatishning iloji bo‘lmadi, ammo buning uchun javobgarlik, avvalo, Yevropa zimmasida”, deydi Vladimir Putin.
Bundan avval AQSH prezidenti Donald Tramp Ukrainadagi urushni tugatish uchun Vladimir Zelenskiy va Vladimir Putin uchrashishi kerak, degan fikridan qaytmagani, Ukraina va Rossiya yetakchilari birgalikda tinchlik uchun kurashishi lozim deb hisoblashini bildirgandi.“Rossiyaning Yevropani harbiylashtirishi bo‘yicha javob choralari o‘zini kuttirmaydi”, deydi Rossiya prezidenti.








