Daryo

“Putin muzokaralarga kelsa, Tramp ham Istanbulga boradi” — AQSH maxsus vakili

Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSHda bo‘lajak uchrashuvda muhokama qilinishi lozim bo‘lgan “shartlar ro‘yxati” mavjud

1 daqiqa o‘qish6 752 ko‘rishlar0 izoh0

Agar Rossiya prezidenti Vladimir Putin 15-may kuni Turkiyaga Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi uchrashuvga kelsa AQSH prezidenti Donald Tramp ham Istanbulga borishi mumkin. Bu haqda AQSHning Ukrainadagi maxsus vakili Kit Kellog ma’lum qildi.

Foto: Getty Images
“Umid qilamizki, Putin janoblari u yerda bo‘ladi. Shunda Tramp janoblari ham tashrif buyuradi. Bu g‘oyat muhim uchrashuv bo‘ladi”, dedi Kellog Fox Business telekanaliga bergan intervyusida.

Bundan oldin AQSH ma’muriyati vakili CNN telekanaliga, agar Putin Ukraina bo‘yicha muzokaralarda ishtirok etishga qaror qilsa, Trampning Istanbulga safari amalga oshishi mumkinligini aytgan edi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSHda bo‘lajak uchrashuvda muhokama qilinishi lozim bo‘lgan “shartlar ro‘yxati” mavjud. Vashington mojaro tomonlari “ba’zi yon berishlarga” borishi muhimligini ta’kidlab o‘tdi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 15-may kuni Istanbulda Ukraina bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralarni boshlashni taklif qilgandi. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy mazkur muzokaralarda Putinni shaxsan kutishini aytdi.

AQSH prezidenti Donald Tramp Rossiya va Ukraina vakillari o‘rtasida uchrashuvlar bo‘lib o‘tishi mumkin bo‘lgan Istanbulga tashrif buyurish imkoniyatini ko‘rib chiqayotganini ma’lum qildi. 

Andijondanman. Oʻzbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti hamda Xalqaro Nordik universitetini (magistr) tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri muxbir boʻlib ishlayman va maxsus materiallar, tenderlar, sud hukmlari, tarjimalar bilan shugʻullanaman. 2025-yilda “Oltin qalam” milliy mukofotini olganman. Tarixiy film va seriallarni koʻrishni xush koʻraman. Eng sevimli asarim Togʻay Murodning “Otamdan qolgan dalalar” kitobidir.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar