Daryo

Tramp Istanbulga Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi uchrashuvga borishi mumkin

AQSH rahbari Rossiya va Ukraina delegatsiyalarining bo‘lishi mumkin bo‘lgan uchrashuvini nihoyatda muhim deb baholadi

1 daqiqa o‘qish5 786 ko‘rishlar0 izoh0

AQSH prezidenti Donald Tramp Rossiya va Ukraina vakillari o‘rtasida uchrashuvlar bo‘lib o‘tishi mumkin bo‘lgan Istanbulga tashrif buyurish imkoniyatini ko‘rib chiqayotganini ma’lum qildi. Bu haqda u Oq uydagi jurnalistlar bilan o‘tkazilgan brifingda ma’lum qildi.

Foto: Reuters

“Men Rossiya va Ukrainaning Istanbuldagi uchrashuvi o‘tkazilishini talab qildim va u albatta bo‘lib o‘tadi. Bu juda muhim. Menimcha, payshanba kuni Turkiyada Rossiya va Ukraina o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan uchrashuv natijalari ijobiy bo‘ladi. Bu qonga botgan dahshatli urushni to‘xtatish kerak. Bu — qonli janggoh. Har hafta 5 000 dan ortiq odam halok bo‘lmoqda.

Bu raqamlar taxminiy, aslida undan ham ko‘p. Bular ichida amerikaliklar yo‘q. Bu rossiyaliklar, ukrainaliklar, oddiy insonlar. Ular Ikkinchi jahon urushidan beri ko‘rilmagan miqyosda qirilmoqda. Har hafta. Bu janglar asosan dronlar yordamida bo‘lmoqda — urushning yangi, shafqatsiz va vahshiy shakli.

Men, ochig‘i, payshanba kuni o‘sha yerga uchib borishni ham o‘yladim. Lekin o‘sha kuni qayerda bo‘lishimni bilmayman — Yaqin Sharqda juda ko‘p uchrashuvlarim bor. Agar bu foydali bo‘lishiga ishonch hosil qilsam, albatta uchaman. Chunki biz har hafta 5 ming hayotni saqlab qolishimiz mumkin, balki, undan ham ko‘proq. Holat bundan battarroq”, dedi AQSH prezidenti Donald Tramp.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 15-may kuni Istanbulda Ukraina bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralarni boshlashni taklif qilgandi. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy mazkur muzokaralarda Putinni shaxsan kutishini aytdi.

Andijondanman. Oʻzbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti hamda Xalqaro Nordik universitetini (magistr) tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri muxbir boʻlib ishlayman va maxsus materiallar, tenderlar, sud hukmlari, tarjimalar bilan shugʻullanaman. 2025-yilda “Oltin qalam” milliy mukofotini olganman. Tarixiy film va seriallarni koʻrishni xush koʻraman. Eng sevimli asarim Togʻay Murodning “Otamdan qolgan dalalar” kitobidir.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar