Daryo

World Boxing. O‘zbekistonlik 7 nafar bokschi finalda, 2 sportchi bronza medaliga ega chiqdi

Polshaning Varshava shahrida tashkil qilingan World Boxing tashkiloti kubogi ikkinchi bosqichi qizg‘in pallaga kirdi. Bugun, 16-may kuni 7 nafar sportchi hal qiluvchi bahsda ringga ko‘tariladi

2 daqiqa o‘qish16 765 ko‘rishlar0 izoh0

Polshaning Varshava shahrida tashkil qilingan World Boxing tashkiloti kubogi ikkinchi bosqichining to‘rtinchi kunida o‘zbekistonlik 6 nafar bokschi final yo‘llanmasi uchun ringga chiqdi. Unga ko‘ra, 7 nafar nafar ishtirokchi final yo‘llanmasini naqd qildi. Ikkita bokschi bo‘lsa, musobaqani bronza medali bilan yakunlaydigan bo‘ldi.

Foto: Boxing Uzbekistan

Dastlab, -55 kg vaznda bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan yarim final bahsi mo‘g‘ilistonlik Lunda Gantumurning jangdan bosh tortganligi sababli o‘tkazilmadi va g‘oliblik Mirazizbek Mirzahalilovga topshirildi. Keyinchalik, -65 kg vaznda jang qiladigan Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev yarim finalda mo‘g‘ilistonlik Mishelt Battumurni 5:0 hisobida mag‘lub etdi. Musobaqada O‘zbekiston nomidan qatnashayotgan yagona ayol bokchi Xumorabonu Mamajonova -57 kg vaznda turkiyalik Parij-2024 olimpiada o‘yinlari sovrindori Esra Yildizni 5:0 hisobida mag‘lub etib, final yo‘llanmasini naqd qildi. Fazliddin Erkinboyev -75 kg vaznda angliyalik Kayl Shav-Tullinni 4:1 hisobida mag‘lub etib, O‘zbekiston safidagi 7-finalchiga aylandi.

Ikki nafar bokchi yarim finalda imkoniyatni boy berib, bronza medaligi ega chiqdi. Samandar Olimov -60 kg vaznda bo‘lib o‘tgan bahsda italiyalik Mikele Baldassiga 2:3 hisobida mag‘lub bo‘lgan bo‘lsa, -70 kg vaznda mezbon Sezariy Znames Gofurjon Tohirovga hech qanday imkoniyat qoldirmadi — 0:5.

Finalga yo‘l olgan bokschilar bilan tanishing:
-55 kg. Mirazizbek Mirzahalilov
-65 kg. Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev
-75 kg. Fazliddin Erkinboyev
-80 kg. Javohir Ummataliyev
-85 kg. Akmaljon Isroilov
+92 kg. Jahongir Zokirov
-57 kg. Xumorabonu Mamajonova

Bronza medali sohiblari:
-60 kg. Samandar Olimov
-70 kg. Gofur Tohirov

Bugun, 16-may kuni 7 nafar o‘zbekistonlik bokschi finalda ringga ko‘tariladi.

Juftliklar bilan tanishing:
-55 kg: Mirazizbek Mirzahalilov — Bilguunsaixan Xarxu (Mo‘g‘iliston) 16:45
-65 kg: Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev — Viktorio Iliyev (Bolgariya) 17:00
-80 kg: Javohir Ummataliyev — Alfred Kommey (Italiya) 17:15
-57 kg: Xumorabonu Mamajonova — Julia Szeremeta (Polsha) 20:15
-75 kg: Fazliddin Erkinboyev — Rami Kivan (Bolgariya) 21:30
-85 kg: Akmaljon Isroilov — Yakub Straszevski (Polsha) 21:45
+92 kg: Jahongir Zokirov — Omar Shiha (Norvegiya) 22:15

Uchrashuv vaqtlari taqdirlash marosimlari sabab o‘zgarib turishi mumkin.

Birinchi kungi natijalar bilan tanishing.
Ikkinchi kungi natijalar bilan tanishing.
Uchinchi kungi natijalar bilan tanishing.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar