Daryo

World Boxing. O‘zbekistonlik bokschilarnining mag‘lubiyatsiz seriyasi davom etadi

Polshaning Varshava shahri World Boxing tashkiloti kubogi bahslarining ikkinchi bosqichiga mezbonlik qilmoqda. Uchinchi kungi dasturda o‘zbekistonlik ikki nafar bokschi finalga yo‘l oldi

1 daqiqa o‘qish10 457 ko‘rishlar0 izoh0

Polshaning Varshava shahrida tashkil qilingan World Boxing tashkiloti kubogi ikkinchi bosqichining uchinchi kunida o‘zbekistonlik 5 nafar bokschi ringga chiqib, ularning barchasi g‘alaba qozondi.  

Foto: Yandex

Dastlab, -55 kg vaznda ringga chiqqan Mirazizbek Mirzahalilov uelslik bokschi Kory Jonesni 5:0 hisobida mag‘lub etib, yarim finalga yo‘l oldi. Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev -65 kg vaznda bo‘lib o‘tgan bahsda, germaniyalik Ousainou Hansenni birinchi raunddayoq texnik nokautga uchratdi.

Javohir Ummataliyev -80 kg vaznda bolgariyalik Vilyam Chalovni 5:0 hisobida yengib, o‘zbekistonlik sportchilar orasidagi dastlabki finalchiga aylandi. Akmaljon Isroilov -85 kg vaznda bo‘lib o‘tgan yarim finalda, turkiyalik Samet Ersoyni qiyinchiliksiz mag‘lub etdi —5:0. 

Kunning so‘nggi bahsida -75 kg vaznda ringga ko‘tarilgan Fazliddin Erkinboyev, braziliyalik Kauye Dos Santosni 5:0 hisobida mag‘lub etib keyingi bosqichga yo‘l oldi.

O‘zbekistonlik bokschilarning qayd etgan natijalari:

  • -55 kg: Mirazizbek Mirzaxalilov - Kory Jones (Uels) 5:0
  • -65 kg: Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev - Ousainou Xansen (Germaniya) — Asadxo‘ja 1-raunddayoq texnik nokaut evaziga g‘alaba qozondi;
  • -80 kg: Javohir Ummataliyev - Vilyam Cholov (Bolgariya) 5:0
  • -85 kg: Akmaljon Isroilov - Samet Ersoy (Turkiya) 5:0
  • -75 kg: Fazliddin Erkinboyev - Kauye dos Santos (Braziliya) 5:0

Ta’kidlash kerakki, mazkur turnirda hali o‘zbekistonlik bokschilar biror marta mag‘lubiyatga uchramadi.

Birinchi kungi natijalar bilan tanishing.

Ikkinchi kungi natijalar bilan tanishing.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar