Daryo

“Gazprom” O‘zbekistondagi loyihadan chiqdi 

Rossiya kompaniyasi 20 yil davomida “Shoxpaxta” koni bo‘yicha hamkorlik qildi

1 daqiqa o‘qish20 576 ko‘rishlar0 izoh0

Qoraqalpog‘istondagi “Shoxpaxta” gaz koni bo‘yicha tuzilgan mahsulot taqsimoti to‘g‘risidagi bitim muddati tugagani sababli “Gazprom” konni tark etdi. Bu haqda “Interfaks” xabar berdi.

Foto: “atomic-energy.ru”

Bitimning amal qilish muddati 2024-yil 31-iyulda tugagan. Shu sababli “Gazprom zarubejneftegaz” aksiyadorlik jamiyati o‘tgan yili kondagi faoliyatini to‘xtatgan. 

“Shoxpaxta” koni 1962-yilda Qoraqalpog‘istonning Qo‘ng‘irot tumani hududidagi Ustyurt platosining janubi-sharqiy qismida ochilgan. Konni rekonstruksiya qilish “Gazprom” kompaniyasining O‘zbekistondagi ilk loyihasidir. U 2004-yilda 15 yillik muddatga imzolangan Mahsulotni taqsimlash haqidagi bitim shartlari asosida amalga oshirilgan.

2018-yil 30-avgust kuni prezident “Shoxpaxta” konida gaz ishlab chiqarish litsenziyasini yana 5 yilga uzaytirish bo‘yicha farmonni imzolagan. Litsenziya muddatini yana 5 yilga uzaytirish niyati o‘sha yilning may oyida Rossiyadagi Xalqaro iqtisodiy forumda “O‘zbekneftgaz” va “Gazprom” o‘rtasida tegishli hujjatning imzolanishi orqali tasdiqlangan. 2018-yilning 20-avgustida O‘zbekiston prezident ayni masala yuzasidan tegishli qarorni imzolagan.

“Neftegaz.ru” portali ma’lumotlariga ko‘ra, “Shoxpaxta”da so‘nggi yillarda yiliga 350 million kub metr gaz qazib olingan. 2023-yil iyun oyida O‘zbekiston “Gazprom” bilan gaz sotib olish bo‘yicha ikki yillik shartnoma tuzdi, kunlik yetkazib berish hajmi 9 million kub metrni, yillik hajmi esa qariyb 2,8 milliard kub metrni tashkil etadi. Ushbu shartnoma bo‘yicha yetkazib berish 2023-yil 7-oktyabrda boshlangan.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar