“Gazprom” 2026-yil boshidan buyon Markaziy Osiyo mamlakatlariga gaz yetkazib berishni qariyb 70 foizga oshirdi. Bu haqda kompaniya boshqaruv raisi Aleksey Millerning bayonotiga tayanib, “Interfaks” xabar berdi.
Bu yil Markaziy Osiyoda ham ijobiy natijalarga erishdik. Biz Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekistonga yetkazib berish hajmini qariyb 70 foizga oshirdik, dedi Miller neft va gaz sanoati xodimlari kuniga bagʻishlangan yigʻilishida.
O‘zbekistonga gaz yetkazib berish Markaziy Osiyo — Markaz magistral quvurlari orqali amalga oshirilmoqda. 2025-yilda “Gazprom” mamlakatga 6,48 milliard kub metr gaz yetkazib bergan, bu 2024-yilga nisbatan 15 foizga ko‘pdir.
Qirg‘iziston hozirda yiliga 500 million kub metrga yaqin gaz sarflaydi. Kelgusida IES-2 va “Bishkekselmash” IESlari uchun tabiiy gaz yetkazib berish bo‘yicha “Gazprom” bilan 2040-yilgacha uzoq muddatli shartnomalar imzolangan. “Gazprom” Qozog‘istonning G‘arbiy Qozog‘iston, Qo‘stanay va Aqto‘be viloyatlari iste’molchilarini gaz bilan ta’minlashda ishtirok etmoqda.








