Daryo

Izboskandagi masjidda halok bo‘lganlarning yaqinlariga moddiy yordam berildi

Masjidning talafot ko‘rgan qismini qayta tiklash uchun ham belgilangan tartibda mablag‘lar ajratiladi

1 daqiqa o‘qish13 672 ko‘rishlar0 izoh0

O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar 1-aprel kuni Andijon viloyati Izboskan tumanidagi baxtsiz hodisa ro‘y bergan “Ahmadali hoji” jome masjidini mutasaddilar ishtirokida ko‘zdan kechirdi, deb xabar bermoqda idora matbuot xizmati.

Foto: Musulmonlar idorasi matbuot xizmati

Qayd etilishicha, muftiy voqea tufayli ta’ziyali bo‘lgan xonadonlarga borib, hamdardlik bildirdi. Qur’oni karim oyatlari o‘qilib, marhumlar haqiga bag‘ishlandi.

Foto: Musulmonlar idorasi matbuot xizmati
“Muftiy hazratlari boshchiligidagi ulamolar vafot etganlarning janoza namozlarida, ma’raka-marosimlarida haqlariga duolar qilishdi. Marhumlarning yaqinlariga moddiy-ma’naviy tasalli berildi. Tan jarohati olib, shifoxonalarda muolaja olayotganlarga tez fursatda sog‘ayib ketishlari tilandi”, deyiladi xabarda.
Foto: Musulmonlar idorasi matbuot xizmati

Ma’lum qilinishicha, halok bo‘lganlarning oila a’zolariga O‘zbekiston musulmonlari idorasi tomonidan moddiy yordamlar berildi. Shu bilan birga, amaldagi qonunchilikka asosan moddiy yordam puli ham to‘lash nazarda tutilgan.

Masjidning talafot ko‘rgan qismini qayta tiklash ishlari uchun ham belgilangan tartibda mablag‘lar ajratiladi.

Izboskan tumanidagi masjid tahoratxonasidagi portlash

31-mart kuni masjid tahoratxonasida gaz-havo aralashmasining chaqnashi oqibatida uch kishi  halok bo‘lib, 10 kishi turli jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizilgan. Hodisa natijasida tahoratxona devor va tom qismiga zarar yetgan, yong‘in sodir bo‘lmagan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. 

Baxtsiz hodisa oqibatida halok bo‘lgan fuqarolarning oila a’zolariga har tomonlama ko‘maklashish hamda jabrlangan fuqarolarga tez tibbiy yordam ko‘rsatish, ushbu baxtsiz hodisaning kelib chiqish sabablarini o‘rganish, shuningdek, bu kabi favqulodda vaziyatlarning oldini olish maqsadida Vazirlar Mahkamasining tegishli farmoyishi qabul qilindi. Farmoyish bilan bosh vazir o‘rinbosari Ochilboy Ramatov boshchiligida hukumat komissiyasi tuzildi.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar