Daryo

Rossiyada o‘zbekistonlik yigitga o‘q uzildi

Hozirda hodisaning barcha tafsilotlari o‘rganilmoqda, o‘q uzgan shaxs qidirilmoqda

1 daqiqa o‘qish19 013 ko‘rishlar0 izoh0

Rossiyaning Leningrad viloyati Kudrovo shahrida 17-yanvar kuni O‘zbekiston fuqarosiga o‘q uzildi. Bu haqda 78.ru xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 19 yoshli o‘zbekistonlik yigit tibbiy yordam punktiga murojaat qilgan. Uning bosh qismida jarohat qayd etilgan. Shifokorlar yigitning bo‘yin qismida o‘q joylashganini aniqlagan. Jabrlanuvchi og‘ir ahvolda Aleksandrovsk shifoxonasiga yetkazilgan.

Yigit yuz bergan voqea haqida ma’lumot bergan. Jabrlanuvchiga ko‘ra, Quruvchilar shohko‘chasidagi “Lenta” do‘koni oldida noma’lum shaxs unga qarata o‘q uzgan. Hozirda hodisaning barcha tafsilotlari o‘rganilmoqda, o‘q uzgan shaxs qidirilmoqda.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar