Daryo

Toshkentda to‘rtta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Hodisa oqibatida Onix haydovchisiga tibbiy yordam ko‘rsatilgan

1 daqiqa o‘qish4 455 ko‘rishlar0 izoh0

Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumani, Mustaqillik—Oqqo‘rg‘on ko‘chalari kesishgan chorrahada 31-yanvar kuni soat 23:20 larda YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB YHXB axborot xizmati xabar berdi.

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Maʼlum qilinishicha, 1994-yilda tug‘ilgan A.T. boshqaruvidagi Cobalt, 2001-yilda tug‘ilgan Z.Sh. boshqaruvidagi Cobalt, 2001-yilda tug‘ilgan Sh.S. boshqaruvidagi Onix va 1979-yilda tug‘ilgan K.B. boshqaruvidagi Cobalt avtomashinalari o‘zaro to‘qnashgan. 

Hodisa oqibatida Onix haydovchisiga tez tibbiy yordam xodimlari tomonidan birinchi yordam ko‘rsatilgan.

Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB masʼul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Toshkentda sodir bo‘layotgan YTHlar

5-dekabr kuni Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek va Yunusobod tumanlarida 1,5 soat ichida YTHlar sodir bo‘lgani haqida xabar berilgandi. Shuningdek, 6-dekabr kuni Yunusobod va Yashnobod tumanlarida YTHlar sodir bo‘lgandi.

3-noyabr tunda poytaxtning uchta tumanida YTH sodir bo‘ldi. Sergelida Spark va Matiz to‘qnashdi, Yunusobodda Lacetti yo‘l chetidagi beton ustunga borib urildi, Mirzo Ulug‘bek tumanida Lacetti va BMW to‘qnashdi. 

11-noyabr kuni Mirobod tumanidagi “Sanʼat muzeyi” qarshisida Lacetti King Long avtobusi orqasiga borib urildi. 16-noyabrda Yakkasaroy tumani Malibu yo‘l chetidagi temir ustunga urildi va haydovchisi va yo‘lovchisi jarohat oldi.

17-noyabr kuni Yunusobod tumanida Toyota, Malibu-2 va Cobalt avtomashinalari ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. 24-noyabr kuni Mirzo Ulug‘bek tumanida Spark va Epica to‘qnashib, yonib ketdi. Hodisa oqibatida halok bo‘lganlar yo‘q.

Mirzo Ulug‘bek tumanida 28-noyabr kuni soat 16:10 larda 5 ta avtomashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi.

Avvalroq O‘zbekistonda avtomobilni takroran mast holda boshqarganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilanayotgani haqida xabar berilgandi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar