Daryo

Rossiyada o‘zbekistonlik migrant IIV idorasini portlatish bilan tahdid qildi

O‘zbekiston fuqarosiga nisbatan terrorchilik akti haqida yolg‘on xabar berish bo‘yicha jinoiy ish ochilgan

1 daqiqa o‘qish42 038 ko‘rishlar0 izoh0

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida o‘zbekistonlik erkak Ichki ishlar vazirligining patent berish bo‘limini portlatish bilan tahdid qildi. Bu haqda “Komsomolskaya pravda” xabar berdi.

Foto: “Komsomolskaya pravda”

Politsiyaga 3-iyun kuni Moiseyenko ko‘chasida joylashgan idorani portlatish bo‘yicha xabar kelib tushgan. Huquq-tartibot idoralari xodimlari IIV binosi atrofidagi hududni ko‘zdan kechirib, xavfli hech narsa topmagan. Shu sababli evakuatsiya ham amalga oshmagan. Binoni portlatish haqida yolg‘on ma’lumot tarqatgan shaxs 35 yoshli ishsiz O‘zbekiston fuqarosi ekani ma’lum bo‘lgan.

Holat yuzasidan 2-may kuni Rossiyaga ishlash maqsadida kelgan migrant qo‘lga olingan. Unga nisbatan terrorchilik akti haqida yolg‘on xabar berish moddasi bo‘yicha jinoiy ish ochilgan.

2023-yil Rossiyaning Stavropol o‘lkasida terakt uyushtirmoqchi bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olingandi. Federal xavfsizlik xizmati xodimlari hukumat binosi yonida bomba portlatmoqchi bo‘lgan 21 yoshli O‘zbekiston fuqarosini ushlagan. Migrant Stavropoldagi avtoyuvish shoxobchasida ishlagani aniqlangan.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar