Daryo

Farg‘onada 771 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan novvoyxonalar aniqlandi

Viloyatda o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlanmoqda

1 daqiqa o‘qish7 662 ko‘rishlar0 izoh0

Farg‘ona viloyatida 5 ta novvoyxona tomonidan 771 mln so‘mdan ziyod tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi. Bu haqda “O‘zenergoinspeksiya” xabar berdi.

Foto: “O‘zenergoinspeksiya”

Maʼlum qilinishicha, inspeksiya Farg‘ona viloyati hududiy boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlanmoqda. 

Xususan, Bag‘dod tumanida istiqomat qiluvchi fuqarolar M.B. (273,3 mln so‘m), A.Z. (201,9 mln so‘m), A.A. (88,6 mln so‘m), I.A. (69,2 mln so‘m) hamda Farg‘ona shahrida fuqaro O‘.B. (138,2 mln so‘m) larga qarashli novvoyxonalar hech qanday hujjatlarsiz tarmoqqa ulanib, tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani maʼlum bo‘ldi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar