Daryo

Samarqanddagi novvoyxonada 621 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalanildi 

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlangan

1 daqiqa o‘qish4 136 ko‘rishlar0 izoh0

“Energiya resurslari talon-toroj qilinishini fosh etishga qaratilgan nazorat tadbirlari davom etmoqda”, deb xabar berdi Bosh prokuratura matbuot xizmati.

Foto: Bosh prokuratura matbuot xizmati

Maʼlum qilinishicha, Samarqand viloyati Past Darg‘om tumanidagi “Y.M.A” MCHJ rahbari M.Y. novvoyxonani gaz tarmog‘iga noqonuniy ravishda ulagan. Natijada jami 621,8 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilgan. 

Foto: Bosh prokuratura matbuot xizmati

Mazkur holat yuzasidan jamiyat rahbariga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘irlik) 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlangan.

Gazdan noqonuniy foydalangan novvoyxonalar

Avvalroq Namangandagi novvoyxonada 273 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilgani aniqlangan edi. 

Shuningdek, Jizzaxda qariyb 700 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan novvoyxona aniqlangan. Bundan tashqari, Farg‘ona viloyatida 5 ta novvoyxona tomonidan 771 mln so‘mdan ziyod tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlangandi.

Shu bilan birga, Urganch tumanida 2 milliard so‘mdan ziyod tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan MCHJ aniqlandi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar