Daryo

Xorazmdagi novvoyxonada 2 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanildi 

Holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi

1 daqiqa o‘qish5 128 ko‘rishlar0 izoh0

Urganch tumanida 2 milliard so‘mdan ziyod tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan MCHJ aniqlandi, deb xabar berdi “O‘zenergoinspeksiya” matbuot xizmati. 

Foto: “O‘zenergoinspeksiya” matbuot xizmati

Maʼlum qilinishicha, “E.K.” MCHJga qarashli novvoyxonada hisoblagichdan tashqari yashirin yo‘l bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri tarmoqqa ulanib, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilgan. 

Ushbu qoidabuzarlik natijasida gaz taʼminoti korxonasi va davlat manfaatlariga 2 mlrd 92 mln so‘mlik zarar yetkazilgan.

Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.

Gazdan noqonuniy foydalangan novvoyxonalar

Avvalroq Namangandagi novvoyxonada 273 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilgani aniqlangan edi. 

Shuningdek, Jizzaxda qariyb 700 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan novvoyxona aniqlangan. Bundan tashqari, Farg‘ona viloyatida 5 ta novvoyxona tomonidan 771 mln so‘mdan ziyod tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlangandi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar