O‘zbekistonda dam olish kunlari harorat asta-sekin ko‘tariladi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
“O‘zgidromet” prognozlariga ko‘ra, juma kuni kunduzi havo harorati 13-18 daraja iliq bo‘lsa, dam olish kunlari harorat asta-sekin ko‘tarilib, yakshanba kuni kunduzgi harorat 20-25 darajaga, janubda esa 26-28 darajaga yetadi.
Shanba va yakshanba kunlari mamlakatning ko‘plab hududlarida yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘ladi, faqat Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarining ayrim joylarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Yakshanba, 19-aprel kuni Farg‘ona vodiysining ayrim hududlarida ham biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
Yakshanba, 19-aprel kuni respublikaning shimoli-g‘arbiy hududlarida ba’zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha shamol esishi kutilmoqda, chang to‘zon kuzatilishi mumkin.
Respublikaning togʻli hududlarida 17—19-aprel kunlari vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi, baland togʻli hududlarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
Toshkentda 17-aprel va dam olish kunlari davomida biroz yomg'ir yogʻishi mumkin. Juma kuni harorat 14-16 daraja, shanba kuni 19-21 daraja va yakshanba kuni 21-23 daraja iliq boʻladi.
O‘zbekistonda kelasi hafta o‘rtalarigacha sel xavfi e’lon qilindi. Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlaridagi fuqarolardan 18—23-aprel kunlari ehtiyotkorlik choralarini ko‘rish so‘raldi.


Izohlar
Izoh qoldirish uchun, avval