Daryo

Tramp Rossiyaning Ukrainaga hujum qilishi sababini aytdi 

AQSH prezidenti birinchi Putinga, keyin esa Zelenskiyga qo‘ng‘iroq qilgani sababini ham tushuntirdi

2 daqiqa o‘qish32 910 ko‘rishlar0 izoh0

AQSH prezidenti Donald Tramp nima sababdan Rossiya Ukrainaga qarshi keng ko‘lamli urush boshlagani sababini aytdi. Bu haqda “Yevropeyskaya pravda” xabar berdi.

Foto: Reuters

Trampning so‘zlariga ko‘ra, sobiq prezident Jo Bayden Ukrainaning NATOga a’zo bo‘lish istiqbollari haqida gapirgan. Bu esa go‘yoki “Rossiyani keng ko‘lamli harbiy bosqinni boshlashga undagan”. AQSH prezidenti rossiyaliklar o‘zlarining “mavqei” tufayli Ukrainaning NATOga to‘laqonli a’zosi bo‘lishiga “yo‘l qo‘ya olmasligi”ni aytdi. Biroq qanday “mavqei” haqida gap ketayotganiga izoh bermadi.

Rossiyaday mavqeiga ega bo‘lgan davlat ularga (ukrainaliklarga.) NATOga a’zo bo‘lishga qanday ruxsat berishini tushunmayapman.. Ular bunday mavqe bilan Ukraina alyansga qo‘shilishiga ruxsat bera olishmas edi, dedi prezident.

Siyosatchi ta’kidlashicha, Rossiya  uzoq vaqtdan beri Ukrainaning NATOga qo‘shilishi ehtimoli haqida “qat’iy” bo‘lgan, ammo “Bayden chiqib, Ukraina Ittifoqqa qo‘shilishi mumkinligini e’lon qilgan”. 

U shunday qilishi bilanoq, men: Endi urush bo‘ladi dedim va haq bo‘lib chiqdim, deya ta’kidladi AQSH rahbari.

Trampning da’vosiga ko‘ra, o‘sha paytda prezident bo‘lganida Rossiyaning Ukrainaga qarshi keng ko‘lamli urushi “hech qachon yuz bermasdi”.

AQSH prezidenti Putin va Zelenskiy bilan telefonda suhbatlashdi

Tramp 12-fevral kuni dastlab rossiyalik hamkasbi Vladimir Putinga qo‘ng‘iroq qilgan. Tomonlar Ukrainadagi urush, Yaqin Sharq, energetika, sun’iy intellekt va dollar ta’siri haqida gaplashgan. Rossiya prezidenti Trampni Moskvaga taklif qilgan va Ukraina masalasini hal qilish uchun Amerika rasmiylarini qabul qilishga tayyorligini aytgan. Tramp esa ular o‘rtasidagi uchrashuv Saudiya Arabistonida bo‘lishini aytmoqda.

Ukraina rahbari esa amerikalik hamkasbi bilan suhbat tafsilotlarini quyidagicha izohlagan:

Tinchlikka erishish imkoniyatlari haqida uzoq gaplashdik. Hech kim Ukrainadan ko‘ra ko‘proq tinchlikni xohlamaydi. AQSH bilan birgalikda Rossiya agressiyasini to‘xtatish va barqaror tinchlikni ta’minlash ustida keyingi qadamlarimiz xaritasini belgilamoqdamiz, bo‘lajak uchrashuvlarni rejalashtirdik, dedi Zelenskiy.

Ukraina prezidentiga ko‘ra, suhbatda Tramop Putin bilan nimalarni muhokama qilganini ham aytgan. Biroq bunga aniqlik kiritmagan.

Tramp nega birinchi Putinga qo‘ng‘iroq qildi?

AQSH prezidenti rossiyalik hamkasbiga birinchi bo‘lib qo‘ng‘iroq qilgani muhokamalarga sabab bo‘ldi. Tramp bunga quyidagicha munosabat bildirmoqda:

Ba’zilar avval Zelenskiyga qo‘ng‘iroq qilishim kerak edi, deyishmoqda. Bunday deb o‘ylamayman. Biz Rossiya kelishuv tuzishni xohlayotgani yoki yo‘qligini aniqlashimiz kerak edi. Zelenskiy kelishuv tuzmoqchi ekanini bilaman, chunki u menga shunday degan. Ammo endi Rossiya ham buni xohlayotganini bilib oldim, deya izoh berdi AQSH prezidenti.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar