Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy 25-fevral kuni AQSH prezidenti Donald Tramp bilan suhbatda urush 2026-yilda tugashiga umid bildirdi. Bu haqda ukrainalik rasmiy va suhbat mazmunidan xabardor ikki manbaga tayanib, Axios ma’lumot berdi.
Uchala manba ham prezidentlarning suhbati “juda do‘stona va ijobiy” ruhda o‘tganini ta’kidlagan. Tramp iloji boricha urushni tezroq to‘xtatishga chaqirgan. Zelenskiy yil oxirigacha bunga erishishga umid bildirgan.
Nashr suhbatdoshlariga ko‘ra, Ukraina prezidenti suhbatda amerikalik hamkasbiga ko‘rsatilgan yordamlar uchun amerikalik hamkasbiga minnatdorlik bildirgan va faqat u Putinni urushni to‘xtatishga majburlay olishini aytgan.
Tramp esa Rossiya bilan ehtimoliy tinchlik kelishuvi doirasida Ukrainaga AQSH xavfsizlik kafolatini berishga tayyorligini tasdiqlagan. Ukraina, Rossiya va AQSH delegatsiyalari muzokaralarning yangi raundi mart oyida bo‘lib o‘tadi.
Zelenskiy bu uchrashuv Ukraina va Rossiya yetakchilari darajasidagi muzokaralarga yo‘l ochishiga umid qilmoqda. Tramp ham bunday ketma-ketlikni qo‘llab-quvvatlagan. Yetakchilar o‘rtasidagi 30 daqiqalik suhbat AQSH va Ukraina prezidentlarining yanvar oyi oxirida Davosda bo‘lib o‘tgan uchrashuvdan keyingi birinchi muloqoti bo‘ldi.








