Daryo

Toshkentda ruhiy xasta ayol maktab o‘quvchisini olib ketmoqchi bo‘lgani aytilmoqda

Poytaxt IIBB holat yuzasidan ma’lumot berdi

1 daqiqa o‘qish47 097 ko‘rishlar0 izoh0

Toshkentda begona ayol maktab o‘quvchisining qo‘lidan ushlab, olib ketmoqchi bo‘lgani haqida xabarlar tarqalib, turli muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.

Foto: Videodan kadr

Poytaxt IIBB matbuot xizmatining bildirishicha, 10-fevral kuni taxminan soat 14:00 larda Bektemir tumani, Bilol Nozim ko‘chasida joylashgan bekat oldida, 1990-yilda tug‘ilgan, muntazam ravishda ruhiy-asab kasalliklari dispanserida davolanib turuvchi R.Ch. o‘ziga begona bo‘lgan maktab o‘quvchisini oldiga kelib muloqotga kirishgan. Shubhali ko‘ringan ayol mahalla fuqarolarini ko‘rib, ketib qolgan.

Ko‘rilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida ayol ushlangan.

Holat yuzasidan Bektemir tumani IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda.

Avvalroq Toshkentda avtobusda yosh bolaga nisbatan uyatsiz harakatlarni amalga oshirgan erkak qo‘lga olingani haqida xabar berilgan edi. Jizzaxda notanish ayol shifoxonadagi egizak chaqaloqlardan birini o‘g‘irlab ketgandi.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar