Daryo

Dekabrda ham ikkilamchi avtomobil bozorida faollik pasaydi — tadqiqot

Ko‘p va o‘rtacha foydalanilgan mahalliy ommabop avtomobil narxlari noyabr oyiga nisbatan pasaydi

5 daqiqa o‘qish14 887 ko‘rishlar0 izoh0

2024-yilning dekabr oyida ikkilamchi avtomobil bozorida faollik pasayishda davom etdi va bu o‘rtacha narxlarda o‘z aksini topgan. Bu haqda Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti mutaxassislari tahlilida ma’lum qilindi.

Mahalliy ommabop avtomobillar narxlari

2024-yilning dekabr oyida ko‘p va o‘rtacha foydalanilgan mahalliy ommabop avtomobil narxlari noyabr oyiga nisbatan pasaygan bo‘lsa, kam foydalanilganlar narxida sezilarli o‘zgarish kuzatilmadi. Xususan:

Foto: Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti
  • Onix: o‘rtacha foydalanilgan – 3.6 foizga (14 ming dollardan 13 500 dollarga), ko‘p foydalanilgan – 4,4 foizga (13 600 dollardan 13 ming dollarga); 
  • Lacetti: ko‘p foydalanilgan – 1,3 foizga (13 500 dollardan 13 327 dollarga);
  • Cobalt: o‘rtacha foydalanilgan – 1.6 foizga (12 500 dollardan 12 300 dollarga), ko‘p foydalanilgan – 0,8 foizga (11 800 dollardan 11 700 dollarga); 
  • Nexia: o‘rtacha foydalanilgan – 0.9 foizga (11 500 dollardan 11 400 dollarga);
  • Spark: o‘rtacha foydalanilgan – 1 foizga (10 400 dollardan 10 300 dollarga); ko‘p foydalanilgan – 0,5 foizga (9 346 dollardan 9 300 dollarga); 
  • Damas: o‘rtacha foydalanilgan – 1.2 foizga (8 100 dollardan 8 ming dollarga), ko‘p foydalanilgan – 1 foizga (7 503 dollardan 7 300 dollarga) arzonlagan. 

Mahalliy lyuks avtomobillar narxlari

Mazkur davrda Malibu hamda Tracker avtomobil narxlari pasaygan bo‘lsa, Equinox narxida biroz oshish kuzatildi. Xususan:

Foto: Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti
  • Malibu: o‘rtacha foydalanilgan – 1.4 foizga (29 500 dollardan 29 100 dollarga), kam foydalanilgan – 4,4 foizga (31 ming dollardan 29 650 dollarga);
  • Tracker: o‘rtacha foydalanilgan – 1.7 foizga (18 ming dollardan 17 700 dollarga), kam foydalanilgan – 1,6 foizga (19 ming dollardan 18 700 dollarga) arzonlagan.
  • Equinox: ko‘p hamda o‘rtacha foydalanilgan – 0,9 foiz (26 265 dollardan 26 500 dollarga) va 1,7 foizga (30 ming dollardan 30 500 dollarga) qimmatlashdi.

Elektromobil narxlari

Mazkur davrda yangi BYD E2 (17 100 dollar) va Song Plus EV Champion (28 500 dollar) elektromobillari 1,7 foizga, BYD Han (32 500 dollar) hamda Yuan Up (21 ming dollar) elektromobillari mos ravishda 1,2 foiz va 1,9 foizga arzonladi. 

O‘rtacha foydalanilgan elektromobillardan BYD E2 (15 970 dollar) va Han (34 500 dollar) o‘rtacha narxlari mos ravishda 0,8 foiz va 4,2 foizga pasaygan bo‘lsa, BYD Song Plus EV Champion (26 600 dollar) hamda Yuan Up (20 500 dollar) narxlarida o‘zgarish kuzatilmadi.

Ko‘p foydalanilgan BYD E2 (15 250 dollar), Han (31 750 dollar) va Song Plus EV Champion (24 050 dollar) o‘rtacha narxlari esa mos ravishda 3 foiz, 1,8 foiz va 5,3 foizga qimmatlashdi. 

Xorijiy avtomobillar narxlari

Chevrolet Monza va Kia Sportage o‘rtacha narxlari pasaygan bo‘lsa, Kia K5, Seltos va Hyundai Tucson avtomobil o‘rtacha narxlarida o‘sish kuzatildi. 

Mazkur davrda Chevrolet Monza (17 ming dollar) va Kia Sportage (29 700 dollar) avtomobillarining o‘rtacha foydalanilgani mos ravishda 1,6 foiz va 4,2 foizga, ko‘p foydalanilgani 0,7 foiz (16 900 dollar) va 3,2 foizga (29 ming dollar) va kam foydalanilgani 0,3 foiz (18 ming dollar) va 1,6 foizga (31 500 dollar) arzonlashdi. 

O‘rtacha foydalanilgan Kia K5 (27 500 dollar), Seltos (25 500 dollar) va Hyundai Tucson (31 750 dollar) avtomobillari o‘rtacha narxlari mos ravishda 1,3 foiz, 2 foiz va 2,4 foizga, kam foydalanilgani uchun narxlar 0,4 foiz (29 ming dollar), 1,4 foiz (26 ming dollar) va 2 foizga (33 500 dollar) oshdi.

Elektromobil bozori haqida

Avvalroq O‘zbekistonda o‘tgan yetti yilda elektromobillar importi 10 baravarga oshgani xabar qilingan edi.

2019-yilda O‘zbekistonga olib kirilayotgan elektromobillar bojxona, aksiz va avtotransport soliqlaridan ozod qilingan. 2021-yilning noyabrida YHXBB elektromobillar uchun “yashil” davlat raqamlari berishni boshladi.

Prezidentning 2024-yildagi qaroriga ko‘ra, O‘zbekistonda elektromobil va gibrid avtomobillar ishlab chiqarish quvvati bosqichma-bosqich yiliga 500 ming donagacha oshiriladi.

9 oy davomida benzinda harakatlanadigan avtomobillar importi 28 foizga kamaygani haqida xabar berilgandi. Benzin va elektrda (gibrid) harakatlanuvchi yengil avtomobillar importi joriy yilda 11 ming 425 dona import qilingan bo‘lsa, bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 49 foizga (3 ming 775 ta) ortgan.

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2024-yilning sakkiz oyi davomida xorijdan qiymati 166,8 million dollarlik 12 913 ta elektromobil import qilingan. Bu o‘tgan oyga nisbatan 2 ming 371 taga ko‘p. 2022-yilning mos davri bilan solishtirilganda esa qariyb 6 barobarga oshgan.

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi bergan ma’lumotga ko‘ra, 2024-yil sentyabrida 4,24 mingta elektromobillar sotilgan, avgust oyida esa 1,7 ming dona sotilgan.

Avtomobil bozori qanday holatda?

Noyabr oyida 2024-yilning III choragida O‘zbekiston avtomobil bozorida faollik darajasi oshgan bo‘lsa-da, 2023-yilgi darajada emasligi haqida xabar berilgandi. Xususan, iyul-sentyabr oylarida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan avtomobillar soni 352,8 mingtani tashkil qilib, II-chorakdagiga nisbatan 76,8 mingtaga (27,8 foizga) ko‘paydi. Biroq, bu ko‘rsatkich 2023-yilning mos davridagiga nisbatan 19,9 foiz kam.

Dekabr oyi avvalida Lacetti, Nexia, Spark kabi ommabop avtomobillar narxlari pasaygani haqida xabar berilgan.

O‘zbekistonda 2024-yil oktyabrida avtomobil bozorida sotuvlar yana pasaygani aytilgan edi. Oktyabr oyida avtotransport vositalarining savdosi 102,3 ming donani tashkil etdi, bu o‘tgan oyga nisbatan 7 foizga kam. Yillik ko‘rsatkichda esa pasayish — 44 foizdan ko‘proq.

Avvalroq O‘zbekistonda o‘tgan yetti yilda elektromobillar importi 10 baravarga oshgani xabar qilingan edi.

O‘zbekistonga 2019-yilda olib kirilayotgan elektromobillar bojxona, aksiz va avtotransport soliqlaridan ozod qilingan. 2021-yilning noyabrida YHXBB elektromobillar uchun “yashil” davlat raqamlari berishni boshladi. 

Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vahobov 2024-yil avgustida Elektromobillarga bojlarni gibrid avtomobillarniki bilan tenglashtirish kerakligini aytdi. Iqtisodchilar elektromobillarga boj joriy qilish taklifiga keskin qarshi chiqdi.

Prezidentning 2024-yildagi qaroriga ko‘ra, O‘zbekistonda elektromobil va gibrid avtomobillar ishlab chiqarish quvvati bosqichma-bosqich yiliga 500 ming donagacha oshiriladi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar