Daryo

Kaliforniyadagi yong‘in qurbonlari soni 20 dan oshdi 

Yong‘inlar jami 16 ming gektardan ortiq maydonni qamrab oldi, 100 mingdan ortiq kishi evakuatsiya qilingan

1 daqiqa o‘qish15 336 ko‘rishlar0 izoh0

Kaliforniyada yuz bergan o‘rmon yong‘inlarida halok bo‘lganlar soni 24 nafarga yetdi. Bu haqda Los-Anjeles okrugi sud-tibbiy ekspertiza byurosi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, okrugning shimoli-sharqiy qismidagi Itonda 16 kishi, shaharning g‘arbiy qismidagi Palisayd okrugida esa 8 kishi halok bo‘lgan. Yong‘inlar shamol kuchayishi va ob-havo sharoiti murakkablashishi tufayli davom etishi kutilmoqda.

Foto: Reuters

Kaliforniyada o‘rmon yong‘inlari 7-yanvardan buyon davom etmoqda. Falokat Los-Anjeles hududlarini, jumladan, Pasifik-Paliseyds, Altadena va Malibu shaharlarini qamrab oldi. Keyinchalik yong‘in Iton, Xerst va boshqa hududlarga ham tarqaldi.

Foto: AP Photo

Yong‘inlar jami 40 ming akrdan ortiq (16 ming gektardan ortiq) maydonni qamrab olgan. CBS ma’lumotlariga ko‘ra, o‘rmon yong‘inlari tufayli 100 mingdan ortiq odam evakuatsiya qilingan. Kaliforniya gubernatori Gevin Nyusom bu yong‘inlar zarar ko‘lami bo‘yicha AQSH tarixidagi eng yomon tabiiy ofat bo‘lishini aytdi.

Foto: AP Photo

JPMorgan banki tahlilchilarining dastlabki hisob-kitoblariga tayanib, sug‘urta kompaniyalarining yong‘in tufayli yo‘qotishlari 20 milliard dollarga, umumiy zarar esa 50 milliard dollarga yetishi mumkin. Amerika politsiyasi Los-Anjelesda yirik yong‘in uyushtirganlikda gumonlanayotgan shaxsni qo‘lga olgan. Gumonlanuvchiga qotillik bilan teng keladigan jazo va umrbod qamoq jazosi tayinlanishi mumkin.

Foto: Reuters
Foto: Reuters
Foto: Reuters
Foto: Reuters

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar