Daryo

AQSHdagi o‘rmon yong‘inlari sabab Jahon chempionati finali boshqa muddatga ko‘chiriladimi?

Asosiy e’tibor futbolchilar, rasmiylar va uchrashuvni stadionda tomosha qilishi kutilayotgan 80 mingdan ortiq muxlisning salomatligi hamda xavfsizligiga qaratilgan.

1 daqiqa o‘qish4 544 ko‘rishlar0 izoh2

2026-yilgi Jahon chempionati finali – Argentina va Ispaniya terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv o‘rmon yong‘inlari oqibatidagi tutun sabab boshqa muddatga ko‘chirilishi ehtimoli mavjud.

Qayd etilishicha, bunday ssenariy ehtimoli past, chunki Nyu Yorkdagi “Metlayf” stadionida bo‘lib o‘tadigan Ispaniya – Argentina uchrashuviga uch kun qolgan. Shunga qaramay, bu variantni butunlay inkor etib bo‘lmaydi.

Asosiy e’tibor futbolchilar, rasmiylar va uchrashuvni stadionda tomosha qilishi kutilayotgan 80 mingdan ortiq muxlisning salomatligi hamda xavfsizligiga qaratilgan. Shu bilan birga, mutaxassislar 19-iyul, yakshanba kuniga qadar tutun tarqalib, jiddiy muammo tug‘dirmasligiga umid qilmoqda.

Tutun qoplami AQSHning shimoliy hududlarida tobora kengayib bormoqda. Biroq mutaxassislar yaqin kunlarda vaziyat yaxshilanishi va havo sifati sog‘liq uchun xavf tug‘dirmasligiga ishonch bildirmoqda.

Nyu York aholisi vaziyat 2023-yil iyun oyidagi kabi og‘ir emasligidan mamnun. O‘shanda Kanada yong‘inlari sabab shahar osmoni to‘liq to‘q sariq rangga kirgan edi.

“Metlayf” ochiq stadion hisoblanadi. Biroq hozircha 80 mingdan ortiq muxlis tashrif buyurishi kutilayotgan va yulduzlar ishtirokidagi tanaffus shousi rejalashtirilgan Jahon chempionati finaliga tutun ta’sir qilishi haqida rasmiy ma’lumot berilmagan.

Agar havoning ifloslanish darajasi inson salomatligi uchun xavfli deb topilsa, FIFA musobaqa o‘tkazilishiga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha maxsus protokollarga ega. Biroq hozircha final uchrashuvi sanasi yoki vaqti o‘zgartirilishi yuzasidan rasmiy bayonot berilmagan.

Avvalroq AQSHning Chikago shahrida Kanada hududidagi o‘rmon yong‘inlari oqibatida havo sifati yomonlashgani sabab 17-iyul kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan MLSning “Chikago Fayr” – “Vankuver” uchrashuvi boshqa muddatga qoldirilgandi.

Farg‘ona viloyati Bog‘dod tumanida tug‘ilganman. Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti Sport jurnalistikasi fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2025-yil dekabr oyidan beri sport muxbiri lavozimida ishlayman va maxsus videomateriallar, tarjima maqolalar hamda xabarlar tayyorlayman. Sevimli filmim “Forrest Gamp”. “Shamol ortidan yugurib” (Xolid Husayniy) romanini yaxshi koʻraman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar