Daryo

Janubiy Koreyada politsiya prezidentni hibsga ololmadi

Prezident Yun Sok Yolning qo‘riqchilari politsiyaga qarshilik ko‘rsatdi

2 daqiqa o‘qish22 830 ko‘rishlar0 izoh0

Janubiy Koreyada 3-yanvar kuni prezident Yun Sok Yolni hibsga olish uchun tergovchilar va politsiya xodimlari uning qarorgohiga keldi. Biroq prezident qo‘riqchilarining qarshiligi tufayli prezident hibsga olinmadi. Bu haqda CNN xabar berdi.

Xavfsizlik maqsadida Janubiy Koreya prezidentini hibsga olish to‘g‘risidagi order ijrosi to‘xtatildi. Bu haqda yuqori martabali xodimlarga nisbatan Korrupsiyaga qarshi kurashish boshqarmasi xabar berdi. Davom etayotgan qarama-qarshilik tufayli hibsga olish orderini amalda bajarish imkonsiz degan xulosaga kelingan.

Police officers stand in front of suspended South Korean President Yoon Suk Yeol's official residence on January 3.

Voqea joyiga kelgan xodimlarning xavfsizligi yuzasidan xavotir sababli, order ijrosi to‘xtatilgan. Politsiya prezident qarorgohi atrofida tartibni saqlash uchun 45 ta maxsus kuch bo‘linmasi va 2,7 ming xodimni joylashtirgandi. Qarorgoh yonida “prezidentni himoya qilish” va “impichmentni bekor qilish”ga chaqiruvchi 1 ming 200 nafar Yun tarafdorlari to‘plangan. Ularning ba’zilari politsiya bilan to‘qnashuvga kirishgandi. Tergovchilar va politsiya prezident qo‘riqchilarining qarshiligiga duch kelgandi.

Supporters of suspended South Korean President Yoon Suk Yeol gathered near his residence in Seoul on January 3.

Koreyada ilk bor amaldagi prezident hibsga olinadi

Seulning G‘arbiy okrug sudi 31-dekabr kuni prezident Yun Sok Yolni hibsga olish uchun order berdi. Bunga lavozimidan chetlatilgan prezident qo‘zg‘olonga rahbarlik qilish va hokimiyatni suiiste’mol qilishda ayblanib, uch marta so‘roqqa kelmagani sabab bo‘ldi. Bu Janubiy Koreya tarixida amaldagi davlat rahbariga hibsga olish uchun order berilgan birinchi holatdir. Yonhap xabariga ko‘ra, tintuv uchun order ham berilgan.

Prezident harbiy holat joriy etishga uringani uchun hokimiyatdan chetlashtirilgandi

Janubiy Koreya parlamenti 14-dekabr kuni Yun Sok Yolni hokimiyatdan chetlatdi. Bunga davlat rahbari tomonidan 3-dekabr kuni siyosiy muxoliflarga qarshi kurashish maqsadida e’lon qilingan harbiy holat sabab bo‘ldi. Yunning qarori jamoatchilikning noroziligiga sabab bo‘ldi, parlament harbiy holatni tezda bekor qilishga muvaffaq bo‘ldi.

Prezident vazifasini bajaruvchi dastlab mamlakat bosh vaziri Xan Dok Su bo‘ldi. Biroq 27-dekabr kuni Janubiy Koreya parlamenti uni ham hokimiyatdan chetlatishga ovoz berdi. Prezident vazifasini bajaruvchi lavozimida uning o‘rnini bosh vazirning birinchi o‘rinbosari, iqtisodiyot va moliya vaziri Chxve San Mok egalladi. U barqarorlikni tiklash uning siyosatining ustuvor yo‘nalishi ekanini bildirdi.

Janubiy Koreyada harbiy holat e’lon qilinishiga aloqador bo‘lgan bir necha amaldorlar, jumladan, sobiq mudofaa vaziri Kim Yon Xyon va bir necha yuqori martabali harbiy razvedka xodimlari hibsga olingan.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar